00:02 / 26.11.2021
2 412

Rossiya va Xitoyning harbiy hamkorligi Markaziy Osiyo uchun nima keltiradi?

Rossiya va Xitoyning harbiy hamkorligi Markaziy Osiyo uchun nima keltiradi?
Rossiya va Xitoy mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Vey Fenxe seshanba kuni videokonferensiya davomida birgalikda ikki mamlakatning harbiy sohadagi hamkorligining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini tasdiqlashdi. Hujjat Rossiya va Xitoyning strategik manyovrlar va havo maydoni va Tinch okeanida qo‘shma patrullashga oid hamkorligining faollashini ifoda etadi.

Bu Moskva va Pekinning Pentagon va NATOning ig‘voli xatti-harakatlari, joriy yil sentabrida tashkil etilgan AQSH, Avstraliya va Buyuk Britaniyaning harbiy bloki (AUKUS) – Tinch okeani mintaqasidagi xalqaro xavfsizlikning yangi tahdidiga qonuniy javobidir.

23 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Shoygu va Fenxe 2021 yilda Rossiya-Xitoy harbiy hamkorligi sezilarli rivojlanganini qayd etishdi va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga tayyorliklarini tasdiqlashdi.

Rossiya mudofaa vaziri xitoylik hamkasbiga Rossiya va Xitoy chegaralari yaqinidagi AQSHning ig‘volari va strategik aviatsiyasining tahdid soluvchi parvozlariga birgalikda munosabat bildirishni taklif qildi. Biroz oldin 10 noyabr kuni AQSH HHK bombardimonlari g‘arbiy va sharqiy chegaralardan bir vaqtning o‘zida Rossiyaga qarshi yadroviy qurolni qo‘llash variantlarini mashq qilishdi. Yil davomida Rossiyaning sharqiy chegaralari yaqinida shunga o‘xshash ig‘volar soni yetti baravarga oshdi – 2019 yilda uchta parvoz bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilda bu 22 tagacha yetdi.

Rossiya va Xitoy qo‘shinlarning qo‘shma jangovar tayyorgarligining shiddatini kuchaytirmoqda. Avgust oyida ilk marta Xitoy hududida “Sibu/Hamkorolik-2021” qo‘shma tezkor-strategik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Rossiya HKK raketa tashuvchilari va Xitoy HHK bombardimonchilari Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari suvlari ustida qo‘shma havoni patrullashni to‘la-to‘kis mashq qilishdi. Ikki mamlakat jangovar kemalari oktabrda Yaponiya yaqinidagi Sugaru va Osumi xalqaro bo‘g‘ozlarini patrul qilishdi.

Ammo qo‘shinlar va kuchlarning jangovar integratsiyasining chegarasi yo‘q – osmonda, dengizda va quruqlikda. Moskva va Pekinning harbiy hamkorligi jadallashishi global xalqaro xavfsizlik, jumladan, KXSHT, Afg‘onistondagi murakkab vaziyatni inobatga olgan holda Markaziy va Osiyo mamlakatlari manfaatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

AQSH va uning tobelariga kattakon salom
Joriy yildagi qo‘shinlar va kuchlarning jangovar tayyorgarligining uchta qo‘shma tadbirlari misoli Rossiya va Xitoy harbiy hamkorligi salohiyati, global strategik barqarorlikka ta’sirini yaqqolroq tasavvur qilish imkonini beradi.

Xitoy shimoli-g‘arbidagi misli ko‘rilmagan Rossiya-Xitoy tezkor-strategik mashg‘ulotlari Rossiya HHKning Markaziy Osiyodagi poligonlarda Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlardagi o‘quv aviazarbalari bilan birlashtirildi. Mashg‘ulotlarga 13 ming nafarga yaqin harbiylar va 500 ta jangovar texnika jalb qilingan. Bu ko‘pchilik kuzatuvchilar tomonidan Moskva va Pekinning harbiy siyosiy ittifoqi shakllanishining davomi sifatida qabul qilingan. Rossiya va Xitoy qo‘shinlarining avgust oyidagi “Sintusya” poligonida birgalikdagi guruhlari imkoniyatlari faraziy jihatdan ham g‘arbiy, ham sharqiy yo‘nalishlarda “kuchlarni ko‘rsatishga” imkon berdi.

17-23 oktabr kunlari Rossiya va Xitoyning o‘nta jangovar (aksariyati raketali) kemalari ilk marta Yapon dengizi, Tinch okeani va Sharqiy Xitoy dengizining g‘arbiy qismini birgalikda patrul qilishdi. “Rossiya va Xitoy bayroqlarini namoyish qilish, Osiyo Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakatning dengiz iqtisodiy ob’ektlarini qo‘riqlash” vazifalari muvaffaqiyatli bajarildi.

Undan biroz avval, 14-17 oktabr kunlari, Yapon dengizida “Dengiz hamkorligi – 2021” Rossiya-Xitoy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Majmuada shunga o‘xshash “iyerogliflar” Qo‘shma Shtatlar va uning mintaqadagi ittifoqchilariga dengizdagi o‘ylamay qilingan va ig‘voli xatti-harakatlarining xavfi haqida, jumladan Rossiya va Xitoy sohillari yaqinida “erkin kemalar yurishiga”, AUKUS destruktiv shakllanishiga qat’iy ogohlashtirish deb o‘qiladi.

Osiyo Tinch okeani mintaqasida birgalikdagi havo patrullash amaliyotini davom ettirib, 19 noyabr kuni Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari suvlari ustida Rossiya HKK va Xitoy HHKning Tu-95MS va "Xun-6K” bombardimonchilari, Su-35S qiruvchilari va A-50 samolyoti birgalikdagi vazifalarni bajarishdi. Ayrim uchastkalarda guruhga Yaponiya HHKning F-16 va F-15 qiruvchilari hamkorlik qilishdi. Ular jangovar vaziyatda qurollarini qo‘llash chegarasidan tashqariga chiqa olishmas edi.

Tahdidlarni samarali tutib turish
Rossiya va Xitoy harbiy hamkorligi rivojlanishi Amerika tashlab ketgan Afg‘oniston bilan chegaradosh KXSHT va Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Pekin va Moskva konstruktiv harbiy hamkorlikka mahkum bo‘lishgan, zero teng darajada xalqaro terrorizmni tahdidini kamaytirish, toliblarning* davlat tashkil etayotgan harakatga tranformatsiyasi, chegaralar mustahkamligi, do‘st qo‘shni mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi hamda Pentagon va NATOning Osiyodagi barcha bazalarini, AQSH HDKning “erkin dengiz yurishi” xavfli hududlarini yo‘q qilishdan manfaatdor.

Rossiyaning yevroosiyoga ta’sirini inkor qilib bo‘lmaydi va bu dunyo mamlakatlarining harbiy qudrat bo‘yicha ikkinchi. Xitoy anchadan buyon yadroviy davlat maqomiga ega, muvaffaqiyat bilan fazoni o‘zlashtirmoqda, beshincha avlod ko‘rinmas qiruvchilari va gipertovushli raketalarni yaratmoqda, asta-sekinlik bilan AQSHni dunyo iqtisodiyotidagi birinchi o‘rindan tushirib yubormoqda.

Qudratli harbiy ittifoqchilar (de-fakto) Moskva va Pekin bilan tahdid va ultimatumlar tilida gaplashish – NATO va AUKUS mamlakatlari uchun o‘ylamay-netmay qilingan ish. Ammo kecha Amerika esminetsi Xitoy va Tayvan orolini ajratib turuvchi Tayvan bo‘g‘oziga ig‘voli tashrifni amalga oshirdi. Pentagon Pokistonda “zaxira aerodromini” olishga umid qilmoqda – Afg‘oniston va Xitoy ko‘rinib turadigan yerdan.
Britaniyaning RaiAlYoum nashrining ta’kidlashicha: “AQSH boshlagan mojarolar xaritasiga qaraydigan bo‘lsak, yopirilib ketayotgan jahon urushi alomatlari ko‘rinmoqda”.

Haqiqatdan, Vashington qirg‘iylari Rossiya Qrimi va Xitoy Tayvani atrofida keskinlik o‘choqlarini yoqishmoqda. Chegaralar daxlsizligi va hududiy yaxlitlik Rossiya va Xitoy uchun muqaddas tamoyil ekanini anglagan holda.

Amerikaliklar tomonidan Sharqiy Xitoy dengizidan Qora dengizgacha hududda inqiroz va mojarolarni qo‘zg‘atishi Yaqin Sharq, Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlarida keskinlik o‘sishiga ko‘maklashadi. AQSH va uning ittifoqdoshlarining destruktiv faolligini pasaytirish uchun qat’iy, samarali vositalar, tinchlikka boshlovchi algoritmlar zarur. Moskva va Pekin buning ustida qat’iyat bilan ish olib bormoqda.

* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan “Tolibon” tashiloti a’zolari

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va Xitoyning harbiy hamkorligi Markaziy Osiyo uchun nima keltiradi?