15:14 / 28.02.2022
1 900

Rossiya asosiy stavkani keskin oshirdi — 9,5 foizdan 20 foizga

Rossiya asosiy stavkani keskin oshirdi — 9,5 foizdan 20 foizga
Foto: Bloomberg
Rossiya Markaziy banki zudlik bilan asosiy stavkani 20 foizgacha oshirdi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.

Regulyator ushbu qarorni Rossiya iqtisodiyoti uchun tashqi sharoitlarning tubdan oʻzgarishi bilan izohladi va stavkaning oshishi moliyaviy va narx barqarorligini saqlashga yordam berishi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Rossiya Markaziy banki asosiy stavka boʻyicha keyingi qarorlarni tashqi va ichki sharoitlardan kelib chiqadigan risklarni hamda maqsadli koʻrsatkichga nisbatan inflyatsiyaning amaldagi va kutilayotgan dinamikasini hisobga olgan holda qabul qiladi.

Foto: Forbes
2014 yilda Qrim voqealari davrida ham Rossiyada asosiy stavka bundan pastroq edi — 17 foiz.

Asosiy stavka nima oʻzi?
Asosiy stavka pul-kredit siyosatining asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. 2020 yilgacha uning oʻrnida qayta moliyalash stavkasi amal qilgan.

Ushbu stavka boshqa stavkalarga (masalan, kreditlar yoki depozitlar boʻyicha), shuningdek, aholi va korxonalarning iste'mol va investitsiya qarorlariga qarab belgilanadi. Bularning barchasi ichki talab va inflyatsiyaga ta'sir qiladi.

Shu tariqa, stavka darajasi, odamlar nima bilan shugʻullanishidan qat'i nazar, barchaga, qaerdadir toʻgʻridan-toʻgʻri, qaerdadir bilvosita, oʻz ta'sirini oʻtkazadi.

Asosiy stavka nimaga ta'sir qiladi?
U bank xizmatlari va mahsulotlariga bevosita ta'sir qiladi. Banklar ushbu stavka asosida omonat va kreditlar narxini oʻzgartiradi.
Agar asosiy stavka koʻtarilgan boʻlsa, kreditlar va depozitlar boʻyicha stavkalar ham koʻtariladi, chunki sarmoya jalb qilish xarajatlari oshadi.

Asosiy stavka tushgan taqdirda, katta ehtimol bilan kreditlar va depozitlar boʻyicha stavkalar ham pasayadi, chunki sarmoya jalb qilish arzonlashadi.

Kredit berishda asosiy stavka banklar tomonidan bogʻlanishi mumkin, foizlarni toʻlash miqdori esa asosiy stavka darajasiga qarab oʻzgaradi.

Hozirda Oʻzbekistonda asosiy stavka — 14 foiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo