20:10 / 13.03.2022
1 479

Gollivud yulduzlarining baxtli yakun topmagan sevgi hikoyalari

Gollivud yulduzlarining baxtli yakun topmagan sevgi hikoyalari
Taniqli bo‘lish doimo omma e’tiborida bo‘lishni anglatadi. Mashhurlarning sevgi hikoyalarini muxlislar, moda nashrlari, paparatsilar orqali diqqat bilan kuzatib boradi. Agar ularning hayotida nimadir ro‘y bersa, diqqati bir necha marotabaga kuchayadi.

Jeyson Momoa va Liza Bone

Foto: Getty Images
Jeyson Momoa bo‘lajak rafiqasini bir ko‘rishdayoq sevib qolganini bir necha bor aytgan. Uning aytishicha, Liza bilan jazz klubida uchrashganida yuragida nimadir jiz etgan. O‘shandan beri juftlik 2022 yil yanvarigacha birga yashadi.

Jeyson Momoa va Liza Bonening ajrashish haqidagi qarori muxlislarni hayratda qoldirdi. Er-xotin 17 yil birga yashaganiga qaramay, hayotga turlicha qarashlar tufayli ajralishdi, lekin bir-birlariga bo‘lgan yaxshi munosabatni saqlab qoldi.

Biroq yaqinda er-xotinning qayta munosabat o‘rnatgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Xabar qilinishicha, Momoa va Bonet psixoterapevtga murojaat qilgan.

Kim Kardashyan va Kane Uest

Foto: Getty Images
Munosabatlarining boshida Kim Kardashyan va Kane Uest shou-biznes olamidagi eng yorqin juftliklardan biri hisoblangan. Ular 2011 yil boshida tanishgan. Ikki yil o‘tgach esa qizli bo‘ldi. 2014 yilda ular turmush qurdi. Qonuniy nikohdagi turmush o‘rtoqlar yana 3 nafar farzandli bo‘ldi.

Ammo 2021 yilda Kardashyan ajrashish uchun ariza berdi. O‘shandan beri Uest va Kardashyanning ismlari OAVdan tushmay kelmoqda. Kane esa sobiq xotinini bolalarini ko‘rishga ruxsat bermaganlikda ayblaydi. Shundan so‘ng Uest o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridan sobiq rafiqasi bilan munosabatlarni tartibga solish uchun ommaviy platforma sifatida foydalana boshladi.

Aleks Rodriges va Jennifer Lopes

Foto: Getty Images
2021 yil aprel oyida Jennifer Lopes sobiq beysbolchi Aleks Rodriges bilan ajrashdi. Qo‘shma bayonotda ular do‘st bo‘lib qolganliklarini va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishlarini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
Ko‘p o‘tmay Lopes sobiq sevgilisi Ben Afflek bilan birga ekani haqida xabar paydo bo‘ldi. Gazetalar noto‘g‘ri xabar berishmagandi: juftlik 18 yildan keyin munosabatlariga ikkinchi imkoniyatni berishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Grayms va Ilon Mask

Foto: Getty Images
Bu juftlikning hikoyasi romantik tarzda boshlandi: Ilon Mask xonandaning ijtimoiy tarmoqdagi sharhlarini o‘qib chiqib, ularni kulgili deb topdi. U Graymsga unda ham xuddi shunday hazil tuyg‘usi borligini yozdi. Bunga javoban xonanda so‘nggi yillarda birinchi marta uning hazilini kimdir tushunganidan xursandligini aytdi.

Shunday qilib, butunlay boshqa dunyo odamlar birlashdilar: ixtirochi va qo‘shiqchi. Ikki yildan keyin ular farzandli bo‘ldi. Bir yil o‘tgach esa sevishganlar ajralishdi. Maskning so‘zlariga ko‘ra, bunga ularning tig‘iz ish jadvali sabab bo‘lgan. Tesla asoschisining aytishicha, ular hali ham bir-birlarini yaxshi ko‘radi. Yaqinda esa er-xotinning ikkinchi farzandi dunyoga kelishi haqidagi xabar paydo bo‘ldi. Graymsning so‘zlariga ko‘ra, bu hech narsani o‘zgartirmaydi va ular hali ham ajralgan sevishganlar hisoblanishadi.

Bill va Melinda Geyts

Foto: Getty Images
27 yillik turmushdan keyin Bill va Melinda Geyts ajralishga qaror qildi. Er-xotin munosabatlarini saqlab qolishga endi ishonmasliklarini aytishdi. Avvalroq milliarderning hamkasbi bilan ishqiy munosabati haqida ma’lum bo‘lgan edi. Biroq ajralish Geyts juftligiga birgalikda ishlashni davom ettirishga to‘sqinlik qilmadi: hozirda sobiq turmush o‘rtoqlar birgalikda xayriya tashkilotini boshqaradi.

Zeyn Malik va Jiji Hadid

Foto: Getty Images
Qo‘shiqchi va model o‘rtasidagi munosabatlar doimo omma e’tiborida bo‘lgan. Ular Instagram’da bir-birlariga bo‘lgan his-tuyg‘ulari haqida ochiqchasiga gapirishardi. Keyinchalik Jiji yigitining klipida suratga tushdi.

Juftlik ajralishni yashirmagani ham ajablanarli emas. Jijining onasi yigitni nomaqbul xatti-harakatlarda aybladi, hatto politsiyaga xabar berishgacha borgan. Zayn Malik esa buni qat’iyan rad etdi, xotinining qarindoshlari uning shaxsiy hayotini ommaga oshkor qilganidan norozi bo‘ldi.

Aytgancha, bu juftlikning birinchi ajralishi emas. Yoshlar 2018 yilda ham ajralishgandi, ammo keyin ular bir-birlariga nisbatan o‘zaro hurmatni saqlab qolganliklarini e’lon qilishgan.

Timoti Shalame va Lili-Rouz Depp

Foto: Getty Images
Jonni Depp va Vanessa Paradisning qizi Lili-Rouz Netflix’ning «Qirol» filmi suratga olinayotganda Shalame bilan tanishib qoladi. Garchi juftlik shaxsiy hayotlari haqida izoh berishni istamagan bo‘lsalar-da, yoshlarning romantikasi haqidagi mish-mishlar darhol matbuotda paydo bo‘ldi. Biroq 2 yil o‘tgach, ular ajralishdi. Bu bir umrgami yoki yo‘qmi hozircha noma’lum, chunki munosabatlar tugagandan so‘ng paparatsilar Lili va Timotini yana birgalikda ko‘rishgan.

Megan Foks va Brayan Ostin Grin

Foto: Getty Images
Megan Foks va Brayan Ostin Grin o‘rtasidagi 2004 yilda boshlangan munosabatlarni ko‘pchilik o‘yinga qiyoslagan. 13 yosh farqiga qaramay, aktyorlar tezda turmush qurishdi, mazkur nikohdan 2 nafar farzand tug‘ildi.

Ammo Megan 2015 yilda ajrashish uchun ariza berdi va bunga sabab sifatida murosasiz kelishmovchiliklarni ko‘rsatdi. Bir yildan kamroq vaqt o‘tgach esa sobiq turmush o‘rtoqlarning uchinchi farzandi dunyoga keldi. Bu safar er-xotin 3 yil birga yashadi va yana ajrashish uchun ariza berdi. Hozirda ularning farzandlari sabab munosabatlari yaxshi, Grin sobiq xotinini eng yaqin do‘stim, deb ataydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gollivud yulduzlarining baxtli yakun topmagan sevgi hikoyalari