Jennifer Lopes 57 yoshni qarshi oldi

Jennifer Lopes 57 yoshni qarshi oldi

1969 yil 24 iyul kuni AQSHning Nyu-York shahrida tavallud topgan dunyoga mashhur xonanda va aktrisa Jennifer Lopes bugun 57 yoshni qarshi oldi.

U san’atdagi faoliyatini raqqosa sifatida boshlagan bo‘lib, 1997 yilda suratga olingan “Selena” filmidagi bosh roli orqali Gollivudda katta shuhrat qozondi. Shundan so‘ng u musiqa olamiga kirib kelib, "On the Floor", "Let's Get Loud", "Jenny from the Block" va boshqa ko‘plab hit qo‘shiqlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy oldi.

Jennifer Lopes bugungi kunga kelib nafaqat iste’dodli xonanda va aktrisa, balki muvaffaqiyatli prodyuser, tadbirkor hamda moda olamining yorqin vakillaridan biri sifatida ham e’tirof etiladi. U ko‘p yillardan buyon sahnadagi faolligi, betakror uslubi va serqirra ijodi bilan dunyoning eng mashhur san’atkorlari qatoridan joy olib kelmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa san’atkorning tug‘ilgan kuni munosabati bilan muxlislari va hamkasblari uni samimiy tabriklab, sog‘lik, baxt va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar