Jennifer Lopes yangi sevgilisini muxlislardan yashiryaptimi?

Amerikalik xonanda va aktrisa Jennifer Lopesning shaxsiy hayotida yangi romantik munosabatlar boshlangan bo‘lishi mumkin. Xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, 57 yoshli yulduz o‘zidan 11 yosh kichik aktyor Brett Goldstin bilan uchrashmoqda.
Page Six nashri anonim manbaga tayanib, ikki mashhur shaxs o‘rtasida romantik munosabatlar borligi haqida xabar berdi. Biroq manbaning ta’kidlashicha, ularning aloqasi hozircha jiddiy bosqichga o‘tmagan.
Mish-mishlarga 16 oktyabr kuni Los-Anjelesda o‘tkazilgan bazm sabab bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Lopes va Goldstin tadbirga bir avtomobilda kelgan va kechaning oxirida ham birga ketgan. Shu bilan birga, ular bazm davomida bir-biriga ortiqcha e’tibor qaratmaslikka, hatto uzoqroq yurishga harakat qilgan.
Jennifer Lopes va Brett Goldstin 2026 yilda namoyish etilgan Office Romance romantik komediyasida birgalikda suratga tushgan. Film ustida ishlash jarayonidayoq ular o‘rtasida yaqin munosabatlar borligi haqida taxminlar paydo bo‘lgan.
Shunga qaramay, aktyorlar iyun oyida bergan intervyularida o‘zaro romantik munosabatlar haqidagi mish-mishlarni rad etishgan. Hozircha Lopes va Goldstin yangi munosabatlar borligini rasman tasdiqlamagan. Shu sababli ular haqidagi xabarlar hozircha OAVda tarqalgan taxminlar darajasida qolmoqda.































Izohlar 0
…