Angliyaning birinchi qiroli Etelstan

Angliyaning birinchi qiroli Etelstan

Angliyaning birinchi qiroli Etelstan
Etelstan bundan 1100 yil oldin Angliyaning birinchi qiroli sifatida taxtga chiqqan. U bir necha qirolliklarni birlashtirib, yagona davlatni yaratgan.

924-yilda otasi vafotidan keyin taxtni egallagan Etelstan qisqa vaqt ichida Norzumbriyani ham o‘z hududiga qo‘shdi. 937-yilda Brunanburh jangida vikinglar va shotlandlarga qarshi g‘alaba qozondi.

Etelstan davrida Angliya turli xalqlar yashagan hudud bo‘lib, u Yevropa davlatlari bilan ham aloqalarni kuchaytirdi. Uning davrida davlat boshqaruvi yanada mustahkamlandi.

U vafotidan keyin nomi kam tilga olingan bo‘lsa-da, yaratgan davlat g‘oyasi saqlanib qolgan. Bugungi qirollik marosimlarida ham Etelstan davridan qolgan an’analar davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Oqiljon Muhammad
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar