Foto: Pinterest
Yurish — vazn yo‘qotishning eng oson va samarali usuli. Istalgan joyda va vaqtda mashq qilish va buni mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, yurish sport bilan shug‘ullanishning qulay usuli hisoblanadi: ayniqsa ortiqcha vaznga yoki og‘ir operatsiyani boshdan kechirganlar uchun bu yengil hamda samaralidir. «Noviy ochag» nashri oddiy yurish orqali ko‘proq vazn kamaytirish uchun layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Yurish orqali qancha kaloriya sarflash mumkin?
Yakuniy ko‘rsatkich vaznga bog‘liq, shuningdek, tekis yer yoki qiyalikda yurganlikning ham ahamiyati katta. Ammo o‘rtacha 100 kaloriya uchun taxminan 1,5 kilometr yurish kerak.
Yurish paytida kaloriyalarni qanday qilib ko‘proq kaloriya sarflash mumkin?
Tez va samarali vazn yo‘qotish uchun qanday yurish kerak? Yaxshi xabar shundaki, bu mashg‘ulot tartibini biroz o‘zgartirish kifoya. Quyida taqdim etilgan bir necha oddiy o‘zgarishlar yurish paytida vaznni yanada faol ravishda kamaytirishga yordam beradi.
Doimiy tezlashish
Agar bir urinishda 10 ming qadam yurilsa, taxminan 350-400 kaloriya yo‘qotiladi. Ammo vaqti-vaqti bilan yurish tezligini oshirib borilsa va maksimal tezlikda yurilsa, taxminan bir yarim yoki hatto ikki baravar ko‘p kaloriya sarflanadi. Bundan tashqari, ushbu mashqlar yurak-qon tomir tizimining holatiga va qonda shakar darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘llarni ishlatish
Jismoniy mashqlar paytida qancha mushaklar ishlatilsa, organizmga shuncha ko‘p energiya kerak bo‘ladi — bu orqali ko‘proq kaloriya sarflanadi. Qo‘llarni oyoqlar bilan uyg‘unlikda harakatlantirishga va yelka mushaklarini ishlatishga odatlanish juda foydali.
Pressni amalga oshirish
Yurish paytida nafaqat oyoq mushaklari, balki qorin mushaklari ham ishlashi kerak. Bel tekis bo‘lishi, oshqozon va qorin bo‘shlig‘i tortilishi — bu umurtqa pog‘onasini qo‘llab-quvvatlash, qorin mushaklarini mashq qilish va, albatta, kaloriyalarni sarflash uchun foydalidir.
To‘g‘ri nafas olish
Qaysi sport bilan shug‘ullanishdan qat’i nazar, to‘g‘ri nafas olish eng muhim narsadir. Yurish ham bundan mustasno emas. Burundan ritmik nafas olishga harakat qilish, har ikki yoki uch qadamda nafas olish va har uch yoki to‘rt qadamda nafas chiqarish lozim. Nafas olish chuqur, ko‘krak-qorin bilan bo‘lishi kerak.
Toshlardan foydalanish
Darhol emas, albatta, yetarlicha jismoniy tayyorgarlikka erishgach buni amalga oshirishga harakat qilish mumkin. Yodingizda bo‘lsin, og‘irlik qancha ko‘p bo‘lsa, har bir bosib o‘tilgan kilometrga shuncha kaloriya sarflanadi.
Pulsni kuzatish
Eng yaxshi natijaga erishish va salomatlikka zarar bermaslik uchun yurak urish tezligini maksimal darajadan 60-70 foiz pastroq tutish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor — iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
Jigar uchun eng foydali bo‘lgan 9 ta mahsulot
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Medvedev: "Tramp Ukraina mojarosiga barham berishi mumkin"