Foto: «Noviy ochag»
Ko‘pchilikning sevimli mahsuloti bo‘lgan pishloq har bir oshxona muzlatkichida mavjud. U buterbrodlarga qo‘shiladi, gazak va salatlar tayyorlanadi. «Noviy ochag» nashri har kuni pishloq iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini aniqladi.
Pishloqning tarkibida nimalar bor?
Pishloq juda yuqori kaloriyali mahsulot. 100 gramm chedder pishlog‘ida — 402 kkal, dor blyuda — 337 kkal, parmezanda — 431 kkal mavjud. Bundan tashqari, 100 gramm pishloqda taxminan 30 foiz yog‘ va 15-27 foiz oqsildan tashkil topgan. Qolaversa, har qaysi turdagi pishloqda ko‘plab vitamin va minerallar bor.
Pishloqning foydalari
Pishloqdagi yuqori oqsil miqdori immunitet tizimini mustahkamlash va hujayralarni tiklashga yordam beradi. Shuningdek, bu mushak massasini tezda olishni istaganlar uchun ham foydalidir. Pishloqda ko‘p bo‘lgan kalsiy suyak va tishlarni mukammal darajada mustahkamlaydi, osteoporoz rivojlanish xavfini kamaytiradi. Aytgancha, kalsiy tanqisligi kuzatiladigan insonlar parmezan, cheddar va boshqa qattiq navlarga ustunlik berishi mumkin. Pishloq boshqa foydali xususiyatlarga ham ega: u samaradorlik va kayfiyatni oshiradi, ovqat hazm qilish traktining faoliyatini yaxshilaydi.
Pishloqning zararlari
Zarar haqida nima deyish mumkin? Shifokorlar qon bosimi va yurak bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan odamlarga sho‘r pishloqlardan voz kechishni tavsiya qiladi. Pishloq (ayniqsa, qattiq navlar) va ortiqcha vazn, oshqozon-ichak kasalliklari va buyrakda toshi bo‘lgan bemorlarga mumkin emas. Bu, birinchi navbatda, tuzli navlarga tegishli. Agar pishloq iste’mol qilish istagi tinch qo‘ymasa, feta yoki rikotta kabi turlari salomatlik uchun xavfsizroq.
Har kuni pishloq iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi?
Pishloqni ham me’yordan ortiq iste’mol qilib bo‘lmaydi. Ammo kuniga 30 gramm zarar qilmaydi — xolesterin, yurak yoki shish bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, foyda keltiradi. Aksincha bo‘lsa, bu ham pishloqdan butunlay voz kechish uchun sabab emas, shunchaki uni haftasiga 2 marta cheklash kifoya. Ushbu mazali mahsulot charchoqdan xalos bo‘lishga, kayfiyatni yaxshilashga, tishlarni kariyesdan himoya qilishga va ochlikni bartaraf etishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi