Telefon o‘rniga kitob: o‘zbekistonlik 9-sinf o‘quvchisi bir yilda 75 ta kitob o‘qidi (video)

O‘zbekistonlik 9-sinf o‘quvchisi Parizoda telefon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasdan, vaqtini kitob mutolaasi hamda til o‘rganishga bag‘ishladi. Natijada u 12 oy ichida 75 ta kitobni o‘qib tugatgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Xabarga ko‘ra, Parizoda hozirda telefondan foydalanmasligini, bo‘sh vaqtini asosan kitob o‘qish va bilimini oshirishga sarflayotganini aytadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsadlari ham talaygina.
Qiz dastlab ona tili fanidan milliy sertifikat olishni, undan so‘ng ingliz tilidan CEFR sertifikatini qo‘lga kiritishni rejalashtirgan.
Parizodaning kelajakdagi rejalari ham aniq. U maktabni tamomlagach, filologiya yo‘nalishida tahsil olishni istaydi. Uning niyatiga ko‘ra, oliy ta’limning dastlabki ikki yilini O‘zbekistonda, keyingi ikki yilini esa xorijda davom ettirmoqchi.
Telefon va ijtimoiy tarmoqlardan voz kechib, mutolaaga vaqt ajratgan o‘quvchining bu natijasi tengdoshlari uchun ham yaxshi namuna bo‘lishi mumkin.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…