Avstraliyada millionlab qizil krablarning migratsiyasi boshlandi (video)

1 daqiqa o'qish10
Avstraliyada millionlab qizil krablarning migratsiyasi boshlandi (video)

Avstraliyaning Rojdestvo orolida millionlab qizil krablar yillik migratsiyasini boshladi. Kuchli mavsumiy yomg‘irlardan so‘ng jonivorlar o‘rmonlardan okean sohili tomon yo‘l oldi.

ABC News xabariga ko‘ra, 2026 yil 14–15 noyabr kunlari orolda qizil krablarning ommaviy harakati kuzatilgan. Taxminan 100 millionga yaqin krab har yili ko‘payish va tuxum qo‘yish uchun orolning ichki hududlaridan okean tomon harakatlanadi.

Qizil krablar migratsiyasi odatda yomg‘ir mavsumining ilk yog‘inlari bilan boshlanadi. Bu ko‘pincha oktyabr yoki noyabr oylariga to‘g‘ri keladi, ayrim yillarda esa dekabr yoki yanvargacha kechikishi mumkin. Jonivorlarning harakatlanish vaqti va tezligi nafaqat yog‘ingarchilikka, balki Oy fazalariga ham bog‘liq.

Migratsiya davrida krablar xavfsiz harakatlanishi uchun oroldagi ayrim avtomobil yo‘llari vaqtincha yopiladi yoki harakatlanishga cheklovlar joriy etiladi. Shuningdek, ularning yo‘llarni kesib o‘tishida maxsus ko‘priklar va himoya to‘siqlaridan foydalaniladi.

Okean sohiliga yetib kelgan krablar juftlashadi. Shundan keyin urg‘ochi krablar tuxumlari rivojlanishi uchun sohilga yaqin joylashgan nam inlarda taxminan ikki hafta qoladi. Keyin ular tuxumlarini dengizga qo‘yish uchun qirg‘oqqa qaytadi.

Rojdestvo orolidagi ushbu tabiiy hodisa har yili millionlab jonivorlarning harakatlanishi bilan ajralib turadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?