Foto: “Noviy ochag”
Elektr va suv uchun to‘lovlarni kamaytirish, shuningdek, sevimli mashg‘ulotlarga qo‘shimcha vaqt topish uchun bir nechta oddiy qoidalariga rioya qilish kifoya, deb yozadi “Noviy ochag”.
Uydagi haroratni kuzatib borish
Foto: “Noviy ochag”
Termostat isitkichlarni sozlash pulni tejashga yordam beradi. Kechasi va uyda bo‘lmaganda haroratni 7-10 darajaga tushiradi. Bu yiliga ma’lum miqdorda pul tejash imkonini beradi.
Sovuq suvda yuvish
Odatda kir yuvish mashinasi suvni isitish uchun energiyaning 90 foizini ishlatadi, lekin sovuq suv ham kiyimlarni issiq suv kabi toza yuvadi. Haftada bir necha marta sovuq suvda yuvish va kukun o‘rniga suyuq yuvish vositasini tanlash orqali ham pul tejash mumkin.
Idish yuvish mashinasidan foydalanish
Foto: “Noviy ochag”
Idish yuvish mashinasidan foydalanish vaqt va pulni tejaydi. Ammo ikkita qoidaga rioya qilish kerak. Birinchidan, uni faqat ishlatilgan idishlar bilan to‘lganda yoqish kerak. Misol uchun, kun davomida unga foydalanilgan kir idishlar qo‘yilishi mumkin, kechasi esa yoqiladi, ertalabgacha idishlar toza bo‘ladi. Ikkinchidan, idishlarda qolgan ovqatni chiqindiga tashlab, keyin yuvish lozim. Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligiga ko‘ra, bu 80 litrgacha suvni tejash imkonini beradi.
Har doim muzlatkich eshigini yopish
Foto: “Noviy ochag”
Muzlatkich eshigi qancha uzoq ochiq qolsa, uning ichidagi havo tezroq isiydi. Oziq-ovqatlarni iloji boricha tezroq joylashtirishga harakat qilish kerak, chunki sovuq chiqqanda muzlatkich 7 foizga ko‘proq energiya sarflaydi.
Jo‘mrakdagi suvni o‘chirish
Ba’zida odamlar suvning yetarlicha sovishini yoki isishini kutadi. Bu harakat katta miqdorda suv yo‘qotilishiga olib keladi (kuniga taxminan 30 litr). Keraksiz xarajatlardan qochish uchun suvni muzlatkichga qo‘yish yoki qaynatish kifoya.
Mashina yukxonasini tartibga keltirish
Og‘ir narsalarni mashina yukxonasida saqlash tavsiya etilmaydi, ayniqsa ularning keragi bo‘lmasa. Qo‘shimcha elementlar yoqilg‘i samaradorligini 2 foizga kamaytirishi mumkin.
Noutbukni o‘chirish
Foto: “Noviy ochag”
Noutbukda ishni tugatgandan so‘ng uni shunchaki yopmaslik, balki butunlay o‘chirish lozim. Bu elektr to‘lovlarini tejash imkonini beradi. Shuningdek, elektr jihozlarining simlarini rozetkalardan tortib olishni unutmaslik juda ham muhim.
Dush qabul qilish
Agar dush qabul qilinsa, sarflangan suv miqdori kamroq bo‘ladi. Bunday holda, suv iste’moli kam bo‘lgan maxsus suv purkagichni ishlatish tavsiya etiladi. U suv xarajatlarini tejashga yordam beradi.
Yomg‘ir suvidan foydalaning
Uyda xonaki o‘simliklarni sug‘orish uchun yomg‘ir suvidan foydalanish mumkin. Yomg‘ir paytida suv to‘planishi uchun tashqariga idish qo‘yish kifoya. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi