22:50 / 08.03.2025
18 685

Munisa Rizayevadan qizlarga maslahat: Qanday erkaklardan uzoqroq turish kerak?

Munisa Rizayevadan qizlarga maslahat: Qanday erkaklardan uzoqroq turish kerak?
Mashhur xonanda Munisa Rizayeva ayollar uchun muhim maslahatlar berib, qanday erkaklardan uzoqroq yurish kerakligini ta’kidladi. U videomurojaati orqali qizlarga nomunosib insonlar bilan munosabat o‘rnatmaslikni tavsiya qildi.

Hurmatsizlik va ayblashga moyil erkaklar

Video lavhalardan biriga ko‘ra, Munisa Rizayeva shunday erkaklardan ehtiyot bo‘lish kerakligini aytdi: "Kechagi kun uchun kechir, lekin sen meni g‘azablantirding. Agar o‘zingni shunday tutmaganingda, hech narsa bo‘lmagan bo‘lardi!". Bunday iboralar munosabatda ayblashga moyil insonlar borligini ko‘rsatadi. Munisa bunday munosabatdan uzoqroq bo‘lishni maslahat beradi.

Xatosini tan olmaydiganlar

Rizayeva videoda: "Xatoyingni tushunmaguningcha sen bilan gaplashmayman" deb ta’kidlagan. Bu shunday erkaklar haqidaki, ular o‘z xatosini anglash va tan olish o‘rniga, munosabatdagi muammolarni rad etishga moyil bo‘ladi. Munisaga ko‘ra, bunday shaxslar bilan munosabatlar ayol kishining ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Psixologik bosim o‘tkazadiganlar

Boshqa bir lavhada u: "Boshimni qotirma, miyamni achitvording, to‘ydirding" deb aytadi. Bu insonlarning so‘zlari orqali munosabatda psixologik bosim o‘tkazishi va ayollarni hurmatsizlik bilan kamsitishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunday munosabatdan ehtiyot bo‘lish kerak.

Hurmatli va munosib erkaklarni tanlash kerak

Munisa Rizayeva videoni "Qizlar, o‘zingiz uchun munosib erkaklarni tanlang" deb yakunladi. Bu, ayollar o‘zlarini hurmat qiladigan, sevib-asraydigan va munosabatda teng huquqlilikka amal qiladigan insonlarni tanlashi lozimligini bildiradi.

Munisa Rizayeva bu maslahatlari orqali ayollarni sog‘lom va baxtli munosabatlarga intilishga chorlaydi. Uning maslahatlari ko‘plab ayollarga kerakli yo‘nalish beradi deb ishoniladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali