10:01 / 17.01.2017
13 271

Agar bo‘ri bo‘lmasang, unda tuya bo‘l!

Agar bo‘ri bo‘lmasang, unda tuya bo‘l!

Bizning zamonamizda ayrim odamlar shunday deyishadi: «Agar sen bo‘ri bo‘lmasang, unda bo‘rilar qurboni bo‘lasan». Bu so‘zlarni ayrimlar o‘z hayotlarining qonuniyatiga aylantirib olishadi va o‘rmonlarda kuchsiz hayvonlar bilan oziqlanuvchi boshqa bir hayvonlar singari, tabiatlarida ham, xatti-harakatlarida hayvoniylik ko‘rinib qoladi. Shuni eslatib o‘tish joiz-ki, mazkur xatti-harakat shariat buyurgan xatti-harakatlarga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Chunki Alloh muloyim munosabatlar qilishga buyurgan, qo‘pol munosabatlardan esa qaytargan. Ammo shunga qaramay, hayotda bu kabi holatlar uchrab turibdi va aytish mumkinki, ko‘payib ham bormoqda.

Bo‘ri bo‘lma

Mana shu jonivorga o‘xshash xatti-harakatni bugungi kunda ota-onalarning farzandlarig yoki aksincha holatni va hatto er-xotinlar o‘rtasida ham kuzatish mumkin.

Qo‘rquv bilan yonma-yon

Muhammad ismli bola o‘zi bilan bo‘lib o‘tgan voqeani so‘zlab beradi. Uning yoshi 20da bo‘lib, aytishiga qaraganda otasi u va aka-ukalari bilan munosabatda doim qo‘pol bo‘lgan. U shunday deydi: «otam ishdan uyga qaytganlarida biz har safar o‘zimizda kuchli qo‘rquv hissini tuyar edik. U bizni doimiy ravishda qiynar, urar va koyirdi. Vaziyat shu darajaga etdiki, u bizni xotinlarimizning yonida ham koyidigan bo‘ldi. Mana shu qo‘rquv sabab men va og‘a-inilarim nimaiki qilsak, otamdan berkitadigan bo‘ldik. Mana shunday munosabat meni juda qattiq qayg‘uga solardi. Har qanday yosh inson o‘ziga nisbatan muloyimlik va qo‘llab-quvvatlov bo‘lishini istaydi. Men ana shunday qo‘llab-quvvatlovni qidirgan va uni topa olmagan kechamni eslayman. Otam bizga e’tibor qilmas, faqatgina qattiqqo‘llik qilar edi xolos».

Ayrim erkaklar o‘zlaridagi kuchni xotinlariga nisbatan ishlatishadi. Gohida erkaklarning o‘z xotinlariga qo‘l ko‘targanliklarining ham guvohi bo‘lib turamiz.

Ona xavf ostida

Tanganing ikkinchi tomoniga boqamiz. Ayrim hollarda ota-onalarning o‘z farzandlari zulmidan qo‘rqib, xavotirda yurganliklari ham uchrab turadi. Biz bir ayolning hikoyasidan qattiq hayratga tushdik. U shunday deydi: «Men o‘g‘limning o‘qishlari qanday ketayotganligiga qiziqdim va uning xatti-harakatlari haqida o‘qituvchisidan so‘rashga qaror qildi. O‘qituvchi bilan uchrashish kuni ham keldi. O‘g‘lim ko‘rdiki, men maktabga otlanayapman. Shunda eshik oldida turib oldi va do‘q qilgan ovozda dedi: «Agar shu ishni istasangiz maktabga boring». Men bunday vaziyatda nima qilishni bilmay qoldim. Agar men u erga borsam va o‘g‘limning yomon xatti-harakatlari haqida eshitsam, bunday holatda u bilan nima qilishim zarurligini bilmasdim. Shundan so‘ng o‘rtamizda doimiy tushunmovchiliklar boshlandi».

Uning gapirib bergan hikoyasi bizni o‘ylantirib qo‘ydi. Biz javobini topa olmagan ko‘plab savollar tug‘ildi – gap shundaki, ayrim bolalar vaqtiki o‘zlari mana shunday vaziyatdan chiqib ketishni bilmagan ota-onalar oldida o‘zlarini qanday tutishadi?

Ta’qib qilma

Ayrimlar o‘zlaridagi kuchni o‘z hukmronliklarini barpo etish yo‘lida sarflashadi. Yana boshqa birovlari esa istaklariga erishmagunlaricha to‘xtamasliklarining ham guvohi bo‘lganmiz. Ayrim boshliqlar har bir katta-kichik xatolar tufayli doimiy ravishda xodimlariga tanbeh berishadi. Bunday insonlarga boqib turib, ular o‘zlarini yanada qudratli ko‘rsatish uchun kuchsiz odamlarni qidirayotganlarini tushunib etasiz. Bunday odamlarga eslatish zarur: «Agar senda kuch bo‘lsa va uni boshqalarga nisbatan zulm vositasi sifatida ishlatsang, shuni bilki, butun ishlarga qodir Alloh barcha ishni qiladi va buning uchun u hech kimga hisob bermaydi».

Keraksiz tortishuvlar

Bizning zamonamizda xotinlar erlari bilan tortishishlar ham keng tarqalgan. Ular o‘zlarini kuchli his qilishadi va so‘zlari yakuniy bo‘lishi uchun chiranishadi. Aksari hollarda ortiqcha g‘alva chiqmaslik uchun erlar ularga yon bosadi.

Yuqorida keltirgan misollarimizning hech biri yaxshilikka olib kelmaydi. Shu bois bizning Buyuk dinimiz nimaga chaqirishini yana bir bor yodga olmoq kerak.

Kuch va zulm qilgan kuchli hisoblanmaydi

Bunday holatlarda payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam tomonidan aytilingan quyidagi hadisni yodga olish kerak: «Insonlarni mag‘lub etgan kishi kuchli emas, jahli chiqqan paytda nafsiga hokim bo‘lgan kishi kuchlidir» Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan. Mana shu hadisni o‘qigan har bir inson o‘zidagi xatti-harakatlar mana shu hadisga muvofiq kelish-kelmasligi haqida o‘ylab ko‘rsin. Agar mos kelmasa, unda yaxshi tomonga o‘zgartirishga intilsin.

O‘z yaqinlaringizga nisbatan adolatda bo‘ling va yaxshi aloqalarni saqlashga harakat qiling. Sening yo‘lboshlovchilaring sevgi va mehribonlik bo‘lsin. Sobitdan rivoyat qilinadi: Bir yahudiy Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam huzurlarida xizmat qilar edi. U bemor bo‘lib, yotib qolganida, Nabi sallallohu alayhi vasallam uning huzurlariga bordilar va shunday dedilar: “Islomni qabul qil”. Shunda xaligi xizmatkor o‘sha erda o‘tirgan otasiga qaradi. Otasi unga dedi: “Abul Qosim nima deyayotgan bo‘lsa, shuni qil”. Xizmatkor Islomni qabul qildi. Payg‘ambar alayhissalom uning huzuridan chiqdilar va “Uni do‘zax olovidan qutqargan Allohga hamd bo‘lsin”, dedilar. Ushbu hadisni Buxoriy rivoyat qilgan.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam butun umr u kishining dushmanlari bo‘lgan yahudiylarning bir vakiliga nisbatan qanday yo‘l tutdilar? U zot unga yaxshilik qilib, najot topishiga sababchi bo‘ldilar. Muqaddas Qur’ondagi “Anbiyo” surasining 108-oyatida shunday deyiladi: «Sen: “Menga faqat, albatta, sizning ilohingiz bitta ilohdir, deb vahiy etiladi. Bas, sizlar musulmon bo‘lasizlarmi?!” deb ayt».

Odamlarning qalbini pul bilan egallay olmaysiz. U yoqimli ko‘rinish va xushmomala bilan egallanadi.

O‘z qoidalaringga qaramasdan, odamlarga yaxshilik qil. Bas, sening harakating o‘zinga zarar emas, foyda keltirsin. “Oli Imron” surasining 159-oyatida shunday deyiladi: «Allohning rahmati ila ularga muloyim bo‘lding. Agar qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar”.

Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam odamlarga muloyim edi va odamlar ham u zotning ajoyib fazilatlarini ko‘rib, u kishining atrofida jam bo‘lishdi, u zotni yaxshi ko‘rishdi, itoatda bo‘lishdi. Agar u kishida yomon fazilatlar bor bo‘lib, qalbi qattiq bo‘lganlarida edi, bunday vaziyatda odamlar u kishidan yuz o‘girgan bo‘lishardi. Chunki yomon fazilatlar odamlarni kishidan sovutadi va undan uzoqroq yurishga undaydi.

Shundan so‘ng ham biz bo‘ri bo‘lib qolamizmi? Axir biz uchun yomonlikka yomonlik qaytishi ayon-ku! Yomon munosabatlar kishilarni bir-biridan uzoqlashtiradi va nafratning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Agar biz yaxshi bo‘lsak va huddi shunday munosabat qilsak, shunda o‘zimizga juda ko‘p foyda keltiramiz. Buning mevasini o‘zimiz yo‘q bo‘lgan paytda ham olib turaveramiz.

Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam biz uchun eng yaxshi ibratdirlar va bizning zamonamizda ham qanday bo‘lsalar, shundayliklaricha qolgan bo‘lar edilar. Shu bois u zot bizni nimaga buyurgan bo‘lsalar, o‘shanga ergashishimiz kerak bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “...Darhaqiqat, mo‘min yuganlangan tuyaga o‘xshaydi, egasi qayoqqa bursa o‘sha yoqqa buriladi”, deganlar (Ibn Moja rivoyat qilgan). Shuning uchun ham kimda kim Alloh taoloning roziligini istayotgan bo‘lsa kattalar va kichiklarning xurmatini joyiga qo‘ysin. Shu sabab bo‘ri bo‘lmang, balki tuyaga o‘xshashga harakat qiling.


Internet ma’lumotlari asosida

Abu Muslim tayyorladi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Agar bo‘ri bo‘lmasang, unda tuya bo‘l!