Audi A5 Sportback va Mercedes-Benz CLA raqobatchisi Hongqi H6 arzonlashdi

Audi A5 Sportback va Mercedes-Benz CLA raqobatchisi Hongqi H6 arzonlashdi

Xitoyning premium brendi Hongqi Rossiya bozorida oʻzining H6 liftbeki uchun narxlarni pasaytirdi. Komplektatsiyasiga qarab, avtomobil narxi 161 mingdan 231 ming rublgacha arzonlashgan. Eng katta chegirma Deluxe versiyasiga toʻgʻri kelib, uning narxi 4,1 million rublgacha tushdi. Top-versiya hisoblangan Dynamic komplektatsiyasi esa endi 4,4 million rubldan taklif etilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Shu tariqa, kompaniya 2024-yil boshida yuz bergan narx oshishini qisman kompensatsiya qildi. Oʻshanda Hongqi H6 modelining har ikki versiyasi birdaniga 380 ming rublga qimmatlashgan edi. Maʼlumot uchun, ushbu model Rossiya bozorida oʻtgan yilning iyun oyidan buyon rasman sotilmoqda.

Hongqi H6 bozorda Audi A5 Sportback va Mercedes-Benz CLA kabi modellarga asosiy raqobatchi sifatida koʻriladi. Avtomobilning uzunligi 4990 mm, gʻildiraklar bazasi esa 2920 mm ni tashkil etadi. Bu oʻlchamlar uni oʻz segmentidagi eng keng salonli avtomobillardan biriga aylantiradi.

Texnik jihatdan barcha versiyalar 245 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbomotor va 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Avtomobil faqat oldingi yetakchi gʻildiraklarga ega. Narxlarning pasayishi brendning yangi flagmani — Hongqi Golden Sunflower Guoya sedani sotuvga chiqqanidan soʻng yuz berdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar