Javohir Sindorov va Bibisaraning birgalikdagi sayohati qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortdi (video)

Javohir Sindorov va Bibisaraning birgalikdagi sayohati qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortdi (video)

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubayeva ijtimoiy tarmoqlarda Parijdagi mashhur “Disneyland Paris” bog‘idan olingan surat va videolarni ulashdi.

Kadrlarda ikki shaxmatchining ertaklar olamini eslatuvchi maskanda birga sayr qilayotgani aks etgan. Suratlar qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar izohlarda sportchilarning samimiy muloqotiga e’tibor qaratib, ularni birga ko‘rishni istashlarini yozmoqda. Ayrim muxlislar esa Sindorov va Assaubayevani “eng chiroyli shaxmat juftligi” deb atamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar