KPMG sunʼiy intellekt haqidagi hisobotini xatolar tufayli qaytarib oldi

1 daqiqa o'qish236
KPMG sunʼiy intellekt haqidagi hisobotini xatolar tufayli qaytarib oldi

Professional xizmatlar koʻrsatuvchi KPMG kompaniyasi “Agentic AI davrida mukammallikni qayta belgilash” deb nomlangan hisobotini oʻchirib tashladi. Bunga bir qator tashkilotlarning hisobotda keltirilgan maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi haqidagi eʼtirozlari sabab boʻlgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

GPTZero tadqiqot guruhi 2025-yil oktabr oyida eʼlon qilingan ushbu hujjatda koʻplab noaniqliklarni aniqladi. Financial Times nashriga berilgan maʼlumotga koʻra, xatolar sunʼiy intellektning “gallutsinatsiyalari” (uydirmalari) natijasida yuzaga kelgan. Boshqacha aytganda, konsalting kompaniyasi sunʼiy intellekt haqidagi hisobotni tayyorlashda aynan sunʼiy intellekt yordamidan foydalangan koʻrinadi.

UBS banki, Buyuk Britaniya Milliy sogʻliqni saqlash xizmati (NHS), Shveytsariya federal temir yoʻllari va Transport for London kabi tashkilotlar hisobotdagi maʼlumotlar notoʻgʻri yoki chalgʻituvchi ekanini tasdiqladi. KPMG vakili hozirda ushbu holat yuzasidan ichki tekshiruv oʻtkazilayotgani va hisobot saytdan olib tashlanganini maʼlum qildi.

“Biz barcha xodimlarimizdan sunʼiy intellektdan masʼuliyat bilan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalarga amal qilishni, jumladan, kontentni tasdiqlash va mustaqil manbalarni tekshirish uchun inson nazoratini taʼminlashni talab qilamiz”, — deya qoʻshimcha qildi kompaniya vakili.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan oyda EY kompaniyasi ham sodiqlik dasturlari haqidagi hisobotini qaytarib olgan edi. Oʻshanda ham hujjatda soxta izohlar va sunʼiy intellekt tomonidan oʻylab topilgan maʼlumotlar borligi aniqlangan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?