Eron AQSH tinchlik kelishuvi: urush tugashi yaqinlashyaptimi

Eron AQSH tinchlik kelishuvi: urush tugashi yaqinlashyaptimi

Eron va AQSH o‘rtasida tayyorlanayotgan kelishuv memorandumi loyihasi ommaga ma’lum qilindi. Hujjat Eronning “Mehr” axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, jami 14 banddan iborat.

Mazkur loyiha urush holatini zudlik bilan tugatish, tomonlar o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish hamda keng qamrovli siyosiy kelishuvga erishishni ko‘zda tutadi.

Kelishuv loyihasidagi asosiy bandlar:

  • Barcha frontlarda, jumladan Livanda ham harbiy harakatlar zudlik bilan va to‘liq to‘xtatiladi;

  • AQSH Eron suverenitetini hurmat qiladi va ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini oladi;

  • 30 kun ichida dengiz qamali to‘liq bekor qilinadi;

  • AQSH harbiy kuchlari Eron bilan chegaradosh hududlardan olib chiqiladi;

  • Hormuz bo‘g‘ozi 30 kun ichida Eron shartlari asosida qayta ochiladi;

  • Eron neft hamda neft-kimyo mahsulotlariga qo‘yilgan sanksiyalar bekor qilinadi;

  • AQSH va uning ittifoqchilari Eronni tiklash uchun kamida 300 milliard dollarlik dastur taqdim etadi;

  • Eron esa Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasi doirasida yadroviy qurol ishlab chiqmaslik majburiyatini yana bir bor tasdiqlaydi;

  • Muzokaralar boshlanganidan so‘ng AQSH muzlatib qo‘yilgan aktivlardan 12 milliard dollarni qaytaradi;

  • Muzokaralar davomida yangi sanksiyalar joriy etilmaydi;

  • Yakuniy kelishuv BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi orqali tasdiqlanadi;

Tomonlar 60 kun ichida yadroviy masala bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishish uchun muzokaralarni davom ettiradi. Shuningdek, 11-iyun kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington va Tehron urushni tugatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani va endi faqat rasmiy imzolash jarayoni qolganini ma’lum qilgan.

“Tez orada imzolaymiz, hujjatlar yakuniy tayyorgarlik bosqichida”, — degan u.

Oq uy rahbari, shuningdek, kelishuv shu hafta oxirida imzolanishi mumkinligini ham bildirgan.

Keyinchalik Eron TIV vakili Ismoil Baqoiy AQSH bilan tinchlik bitimi matni ustida ish deyarli yakunlanganini, asosiy bandlar bo‘yicha kelishuvga yaqinlashilganini ta’kidlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar