Bir kun kelib, yolg‘iz qolganingizni tushinib etasiz. Siz doim yolg‘iz bo‘lgansiz, faqat bu fikrning kelishi biroz kechikkan edi xolos. Ota-onalar o‘tib ketadi, sevimli insonlar xiyonat qiladi, bolalar katta bo‘ladi. Vaqti kelib o‘zingiz ulardan qalban uzoqlashishni boshlaysiz. Chunki ular uchun begonaga aylana borasiz. Aynan nima sodir bo‘lishi ahamiyatli emas, ammo unutmang, yolg‘izlik siz bilan yonma-yon yuradi. U istagan paytda tashrif buyuradi. Yoshning o‘tib borishi — hech qanday dramatizmsiz yolg‘iz qolishdir. Bunga tayyorgarlik ko‘rishda quyidagilar as qotadi.
Qarindoshlardan tashqari barchani o‘zgartirsa bo‘ladi. Hech kim va hech narsa yagona nusxada bo‘lmaydi. Garchi umumiy qiziqishlaringiz hali shakllanmagan bo‘lsada, hayotingizga yangi insonlarning kirib kelishiga imkon bering. Bir kun kelib yolg‘iz qolganingizda, bu sizga yordam beradi.
Barchasini yangisidan boshlang: taom, kiyim-kechak, yo‘nalishlar, gadjetlar, faollik, filmlar, kitoblar, teoriyalar, xullas, barcha-barchasini. Miya tarkibining aksariyati dangasalikdan tashkil topgan. U qancha imkon bo‘lsa, shuncha bir joyda qotib qolishni yaxshi ko‘radi va qolgan narsalarni esdan chiqaradi. Shu bois uni bir joyda to‘xtab, ushlanib qolishiga yo‘l qo‘ymang. Agar bir nimadan siqilsangiz, qo‘rqsangiz yoki istamasangiz doim biror-bir narsani yangisidan boshlashga harakat qiling.
Mumkin bo‘lganlarni kechiring, qolganlarni esa unutib yuboring. Unutish — eng zo‘r jazo va eng yaxshi doridir. Hech kim bilan hech qachon tortishmang, yaxshisi o‘zingizga qarab yuring.
Shoshilishga hojat yo‘q. Tez sodir bo‘ladigan narsalarning umri qisqa bo‘ladi. Agar nimanidir chin yurakdan qilishni istasangiz, albatta, qilasiz. Tavakkal istaklar va tartibsiz harakatlarga imkon bermang. Nimadir qiling, chunki orzularingiz sizni uzoq vaqt kuzatib yuradi.
Nimanidir bajarishni istayapsiz va shu ishingizni to‘g‘ri, deb hisoblaysiz, uni bajaring. Istak bor joyda hayot bo‘ladi. Xohishlaringizni ichingizda yashashiga imkon bering va ularni kuzatib boring. Yo‘qolib ketmadimi — uni amalga oshiring.
Ko‘nglingizda qandaydir istak bormi? Unda taslim bo‘lmang. Omad — bu tajriba. Har qanday omadsizlik — tajribaning etishmasligi va faqat tajriba bilan qoplanuvchi holatdir. Jasurlik va tavakkalchilik — bu tajriba. Mutlaq qaysarlik bilan ko‘rinuvchi holat ham tajriba. Dadillik, sabrlilik, kechira bilishlik, barqarorlik va erkinlik — bularning bari tajriba. Asosiysi — nimanidir xohlab turganingizda taslim bo‘lmaslik.
Hech narsa yakun emas, hatto yakun ham: bu shunchaki davomiylik. Buni umidsizlik paytida, azoblanayotganingizda, sizni tark etgan sevimli insoningizning maktubini o‘qiyotganigizda yodda tuting. Bir kun shunday kun keladiki, “Barchasi yaxshilikka”, deb aytasiz. Hech narsa yakun emas: bir kuni yolg‘iz qolganingizda buni tushinib etasiz.
Hech narsa yakuniy emas, ammo yakun yaqin. Faqat bu ertaga, degan tushuncha kishiga yengillik beradi.
Nima qilsangiz qiling, ammo salomatligingiz bilan o‘ynashmang. Bir kun kelib, u sizdan qattiq o‘ch oladi. U nimani istayotganini kuzatib boring va u nima istayotgan bo‘lsa, shuni bering. Agar tanangizni nima deyayotganini tushunmayotgan bo‘lsangiz, unda barchasini oddiysidan boshlang. Masalan, sayr etish, suzish yoki yoga bilan shug‘illanishdan. Qolgani o‘z-o‘zidan davom etaveradi: chunki tana uni tinglashlarini yaxshi ko‘radi.
Romantika, sevgi va ehtiros — bu ajoyib. Ammo ular jinsiy mayllar bilan qo‘rqitilsa, qaytib hech qachon yaqinlashmasligi mumkin.
Tashvishlaringizni eng so‘nggida odamlar siz haqingizda nima deb o‘ylayotganlari haqidagi xayollar tursin. Odamlar, asosan, o‘zi haqida o‘ylaydi. Keyin siz haqingizda, o‘zlari bilan taqqoslagan holda.
Qat’iy ishonch ustida ishlang. Qat’iy ishonch — ma’naviy tushkunlikning boshlanishidir. Ikkilaning, turli variantlarni ko‘rib chiqing, o‘zingiz va boshqalar uchun ochiq yo‘llar qoldiring. Yuqoridagi maslahatlar ham ikkilanish asosida yozildi. Buni tan olish kerak, albatta.
P.S. Bu hech qanday ikkilanishsiz yozilgan yagona maslahatdir: do‘stlaringizni ehtiyot qiling. Do‘stlar to‘plash lozim bo‘lgan yagona manbadir. Bir kun yolg‘iz qolganingizda, ular yoningizga kelib, “Sen aqldan ozganmisan, axir yoningda biz bormizku”, deyishadi. Va bu haqiqat!
Muallif: Sarvar Anvar o‘g‘li
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?