Qog‘oz kitob o‘qish miyaga kutilmagan foyda berishi aniqlandi

Tokio universiteti olimlari qog‘oz kitob o‘qish syujet tafsilotlarini yaxshiroq bog‘lash va eslab qolishga yordam berishini aniqladi. Tajribada ishtirok etgan 25 nafar talaba manganing bir qismini qog‘oz va planshetda o‘qib, so‘ng hikoya bo‘yicha savollarga javob berdi. Natijalar qog‘oz kitob o‘qiganlarda ma’lumotni qayta ishlash jarayoni yengilroq kechganini, planshetda o‘qiganlarga esa voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lganini ko‘rsatdi.
Yapon olimlari qog‘oz kitob o‘qishning kutilmagan kognitiv afzalliklarini aniqladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qog‘oz formatida o‘qish syujet tafsilotlarini yaxshiroq bog‘lash va eslab qolishga yordam beradi.
Tadqiqot natijalari PLOS One jurnalida e’lon qilindi.
Tokio universiteti olimlari o‘tkazgan tajribada 25 nafar talaba ishtirok etgan. Ular manganing bir qismini qog‘oz kitobda yoki planshetda o‘qib, keyin hikoya bo‘yicha savollarga javob bergan.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, umumiy tushunish darajasi har ikkala guruhda ham o‘xshash bo‘lgan. Biroq planshetda o‘qigan ishtirokchilarga voqealar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lgan.
Miya faoliyati tahlili esa qog‘oz kitob o‘qiganlarda ma’lumotni qayta ishlash jarayoni yengilroq kechganini ko‘rsatdi. Olimlar buni qog‘oz kitobning jismoniy xususiyatlari bilan izohlashmoqda. Sahifalarning joylashuvi va o‘qish jarayonining sezilishi miya uchun o‘ziga xos “fazoviy xarita” yaratadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, raqamli o‘qish matnni tushunishga salbiy ta’sir qilmaydi, biroq ayni natijaga erishish uchun ko‘proq vaqt va kognitiv resurs talab etadi.






























Izohlar 0
…