
Shu masalada amerikalik bir guruh olimlar uzoq vaqt izlanishlar olib borishdi. Izlanishlar davomida yuzlab ko‘ngillilar, ko‘zlari rangi turlicha bo‘lganlar maxsus kuzatuvdan o‘tkazildi. Va nihoyat olimlar bir to‘xtamga kelishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, moviy, och yashil ko‘zli insonlar quyosh tig‘ini ko‘tara olmaskan. Shuning natijasida bu rangdagi ko‘z egalari aksar hollarda melanoma xastaligiga boshqalarga nisbatan ko‘proq chalinarkan. Odam o‘rta yoshga yetgach, moviy hamda och yashil rangli ko‘zlar ko‘rish imkoniyatlari kamayib borarkan. Jigarrang, to‘q yashil ko‘zlilar ko‘pincha kataraktadan azoblanisharkan. Bunday rangdagi ko‘z egalarida vitiligo xastaligi xavfi ham yuqori bo‘larkan. Undaylar spirtli ichimlikka suyagi yo‘qligini olimlar alohida tekshiruvlar natijasida aniqlay olishdi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar