09:33 / 07.01.2019
4 567

Omad tasodifiy holatmi?

Omad tasodifiy holatmi?
Omadni ko‘pchilik tasodifga yo‘yadi. Kimnidir «omadli» atash – shaxsning tinimsiz mehnati va iqtidorini tan olmaslik, xolos, deb hisoblaydi Hartfordrish universiteti o‘qituvchisi, psixologiya fanlari professori Richard Uayzman. U «o‘z vaqtida, kerakli joyda paydo bo‘lish uchun zarur qobiliyat»lar omadli insonlarda uchrashini ta’kidlaydi.

Ammo bu insonlarning boshqalardan farqli nimasi bor? Hamma gap «qobiliyat»dami?

Kaliforniya universiteti sotsiologi Kristina Karter butun faoliyati davomida shu kabi savollarga javob izlagan. Bir necha yillar avval, u baxtli bolalarni tarbiyalashni istagan ota-onalar uchun onlayn-kurslar tashkil etgandi. U minnatdorlik, o‘zlikni anglash va baxt tushunchalarini qobiliyat sifatlariga aylantirib, o‘quvchilariga o‘ragatolgan. Kristina faoliyati davomida omad tushunchasiga ham ko‘p duch keladi, har safar bu masalaga u tanqidiy ko‘z bilan qaragan.

Uayzman tajribasi

Karter mana shu mavzuda keyinroq, Richard Uayzman ishlari bilan tanishadi. Uayzman ilgari ko‘zbo‘yamachi bo‘lib, pul topgandi. Balki, kasbda paydo bo‘lgan qiziqish tufayli u psixologiyani tanlagandir. Karter ta’rifi bilan aytganda, u 90-yillar so‘ngida «takrorlanmas» tajribani amalga oshirgan. Richard o‘zini omadli va omadsiz sanagan kishilarni sinovda ishtirok etish uchun taklif etgan. Sinov quyidagicha o‘tkazildi: yo‘lakda 20 dollar banknot yotardi, o‘zini omadli sanagan shaxslar pul darrov ko‘rib, uni cho‘ntakka solgan. Omadsizlar esa beparvo o‘tib ketavergan.

Tajriba juda jo‘n va tushunarsiz ko‘rinishi mumkin. Lekin Uayzman 1993 yildan to 2003 yilgacha o‘tkazgan kichik tajribalaridan xulosa yasab, «Omad omillari: 4 ta asosiy tamoyil» kitobini yozdi. Kitobda keltirilgan, Richard tashkil qilgan tajribaning muxtasar tarixi quyidagicha:

«Ko‘ngilli ishtirokchilardan gazetadagi fotolarni sanab chiqish so‘raldi. Har sahifaning teng yarmiga esa katta-katta harflar bilan e’lon matni yozilgandi: «O‘qishni bas qiling! Gazetada suratlar soni 43ta». Boshqa sahifada esa «Sanamang. E’lon matnini tashkilotchilarga ko‘rsating va 250 dollar yutib oling», deb yozilgandi. O‘zini omadsiz deb bilgan kimsalar suratlarni sanashda davom etaverdi. Xulosa qilish mumkinki, omadsizlik aslida e’tiborsizlik bilan chambarchas bog‘liq».

Uayzman tajribalardan paydo bo‘lgan xulosalarni amaliyotga tatbiq etib, «Omad maktabi»ni tashkil etdi. U 4ta asosiy tamoyilni yozib chiqdi: omadga erishish imkoniyatlarini maksimal oshirish, ichki ovozga quloq tutish, baxtli onlarni kutish va omadsizlikdan foyda olish. Uayzmanning aytishicha, maktab o‘quvchilarining 80 foizi bir oydan so‘ng o‘zini omadlilar qatorida ko‘ra boshlagan.

Omadni o‘rgatish mumkinmi?

Sotsiolog Karter omad tushunchasini qobiliyat sifatiga aylantirib, uni bolalarga o‘rgatishga harakat qildi. U g‘oyasini ota-onalar orqali targ‘ib etishga kirishib, o‘quv strategiyasini tuzgan. Strategiya markaziga yangiliklarga ochiq bo‘lish, dam ola bilish, ijtimoiy muloqotlarni kanda qilmaslik va notanish kimsa bilan suhbatdosh bo‘lish kabi masalalar qo‘yildi. Keltirilgan masalalarni bog‘lab turuvchi omil – ham jismonan, ham ruhan ochiq bo‘lishga ishora qiladi.

Ochiq insonlar elementar hodisa, mayda detallarni payqab qolishga moyil bo‘ladi. Ular esa omad sari yetaklovchi omillardan biri hisoblanadi. Masalan, suhbatlar orqali ko‘p bilimga ega bo‘ladi, u shunchaki bilag‘on, omadli emas. Lekin bular har qachon asqotishi mumkin. Yoki muayyan sharoitda nimaga e’tibor qilish kerakligini biladi. Bu sifatlar kishini omadsizlikdan uzoqda bo‘lishini kafolatlaydi.

«Agar avtomobilni saqlash uchun joy topolmayotgan bo‘lsangiz, mana shu holatdagi asabiy bo‘lishingiz, e’tiborsiz bo‘lishga yo‘l ochadi. Bu fanda isbotlangan effekt – binokulyar ko‘rish imkoniyatini pasaytiradi», – deydi u.

Oddiy tilda talqin etganda, kishi xatar yo muammo paydo bo‘lganda, barcha kuchni ushbu masalani yechishga qaratadi. Vaholanki, atrofda mavjud imkoniyatlar orqali masalaga yechim topish mumkinligi, umuman har qanday imkoniyatlar e’tibordan chetda qoladi. Shuning uchun, Kristina bolalarni notanish odamlar bilan gaplashishga o‘rgatmoqchi bo‘lgan. Negaki, yosh bola notanish kishi qarshisida o‘z qobig‘iga o‘ralib, barcha kuchini notanish kimsadan berkinishga sarflaydi. Xullas, omad shunchaki tasodif bilan tilga olinadigan hodisa emas, inson sifati ham bo‘lishi mumkin. Buning uchun, e’tibor kerak.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Omad tasodifiy holatmi?