AQSHda topilgan Vampirlar Jamiyati haqida

1 daqiqa o'qish19.4K
AQSHda topilgan Vampirlar Jamiyati haqida
“Zulmat ostonasidagi muhabbat” (“Twilight”) filmini koʻpchiligimiz koʻrganmiz hamda ushbu film qahramonlari bir qator yoshlarning koʻnglidan joy olgan. Qiziq, real hayotda ham vampir insonlar bormikan. Luiziana shtati universitetida doktorlik dissertatsiyasiga nomzod boʻlgan Brouning hayoti mobaynida haqiqiy vampir insonlarni qidirib topdi. Maʼlumotlarga qaraganda, Atlanta Vampir Ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovlar AQSHda haqiqiy vampir deb hisoblanadigan kamida besh ming kishi borligini aniqladi.
AQSHda topilgan Vampirlar Jamiyati haqida
Braunning aytishicha, faqat Yangi Orleanda 50 ga yaqin vampir insonlar yashaydi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, turli hududlarda yashovchi vampirlarning xarakterlari oʻrganilganda ular boshqa odamlardan biror belgisi bilan ajralib turmas ekan. Bu ularning yangicha hayot tarzi boʻlib, ular hozirda oʻzlarini qon bilan oziqlantirmaslikka koʻndirgan.

Yana vampir insonlarning ruhiy holatlari ham joyida ekanligi aniqlangan. Bunday insonlar jamiyatda oddiy odamlar kabi oʻzlarining oilasiga, doʻstlariga hamda ish joyi va kasbiga egadir. Tadqiqotchi Braun umrida ilk marotaba vampir ayolni Nyu-Orleanning Fransiya kvartalidagi doʻkonda koʻrib qolgan. Ayol juda ham oddiy va boshqalardan hech qanday farq qilmasdi.
AQSHda topilgan Vampirlar Jamiyati haqida
Braunning fikricha, vampir insonlarning hech qanday ayblari yoʻq, shunchaki ularning organizmlari oʻzining ehtiyojlarining koʻp qismini qon orqali qabul qiladi. Bu shunchaki tabiatning yaratigʻidir. Vampirlar uchun hattoki Yangi Orlean Vampirlari Assotsiatsiyasi (NOVA) ham tashkil etilgan. Zamonaviy vampirlar imkon qadar oʻzlarini oddiy insonlardek tutishga hamda vampirlik xususiyatlarini unutishga harakat qilishadi.

Ularning vampirlik xususiyatlarining uygʻonishiga turli sabablar baʼzan turtki boʻlishi mumkin: juda yaqin doʻstlik yoki shahvoniy hirslar. Odatda vampirlarning ushbu xususiyatlari 18 yoshdan toʻliq sezila boshlar ekan. Vampirlar haqidagi turli xil film hamda asarlarning tarqalishi insonlar nazdida ular juda xavfli degan qarashni keltirib chiqargan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?