Bangladeshda chivin orqali yuqadigan kasallik avj oldi: o‘limlar soni 500 dan oshdi

Bangladeshda denge isitmasi bilan bog‘liq vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. 2026 yil boshidan buyon mamlakatda ushbu kasallik oqibatida 502 kishi vafot etdi. Infeksiya yuqtirgan va shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni esa 164 107 nafarga yetdi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash xizmatlari bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 16 noyabr kuni yakunlangan so‘nggi 24 soat ichida yana 1 598 nafar bemor shifoxonaga yotqizilgan, uch kishi esa hayotdan ko‘z yumgan. Hozirgacha 157 988 nafar bemor davolanib, shifoxonadan chiqarilgan. Ayni paytda 5 617 kishi tibbiy muassasalarda davolanishni davom ettirmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyidan boshlab Bangladeshda kasallanish holatlari keskin ko‘paygan. Noyabr oyining 44-haftasida 12 981 ta gumon qilingan holat qayd etilgan. Bu avvalgi haftaga nisbatan 12 foizga ko‘pdir.
Mutaxassislar bu yil denge mavsumi odatdagidan uzoqroq davom etishi mumkinligini bildirmoqda. Yomg‘irlarning davom etishi va turg‘un suv to‘planadigan joylarning ko‘payishi kasallikni tarqatuvchi Aedes chivinlarining ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratmoqda. Bundan tashqari, infeksiya faqat yirik shaharlarda emas, qishloq hududlarida ham keng tarqalayotgani vaziyatni murakkablashtirmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…