Toshkentda “Omad shou” va “Soliq” nomidan firibgarlik qilganlikda gumonlanuvchilar ushlandi

1 daqiqa o'qish2
Toshkentda “Omad shou” va “Soliq” nomidan firibgarlik qilganlikda gumonlanuvchilar ushlandi

Toshkentda mashhur loyiha va davlat xizmatlari nomidan foydalanib, fuqarolarni chuv tushirishga uringan kiberjinoyatchilar qo‘lga olindi. Ular “Omad shou” hamda “Soliq” nomidan soxta havolalar tarqatib, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari va moliyaviy mablag‘larini qo‘lga kiritishga uringanlikda gumon qilinmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar zararli APK fayllaridan foydalangan. Bunday fayllar mobil telefonga o‘rnatilgach, firibgarlarga qurilmadagi ayrim ma’lumotlar, jumladan, bank kartalari va Telegram akkauntlariga kirish imkonini berishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, mazkur usul orqali minglab fuqarolarning bank kartalari hamda messenjer akkauntlari qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin. Hozirda holatning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tegishli tartibda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Mutaxassislar fuqarolarni noma’lum manbalardan kelgan havolalarni ochmaslikka va shubhali APK fayllarini telefonga yuklab olmaslikka chaqirmoqda. Ayniqsa, yutuq, pul mukofoti yoki soliq bilan bog‘liq xabarlar orqali yuborilgan havolalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozim.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?