Turkiyalik aktyor Murat Yildirim ayolni avtobus urib ketishidan qutqardi (video)

1 daqiqa o'qish0
Turkiyalik aktyor Murat Yildirim ayolni avtobus urib ketishidan qutqardi (video)

Turkiyalik mashhur aktyor Murat Yildirim tezlik bilan yaqinlashayotgan avtobus yo‘lida qolgan ayolni so‘nggi lahzada qutqarib qoldi. Aktyorning bu harakati aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Bu haqda Haberturk xabar berdi.

Hodisa aktyor ishtirok etayotgan «Güller ve Günahlar» («Gullar va gunohlar») seriali suratga olinayotgan hudud yaqinida sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda Murat Yildirim qo‘lida qahva stakani bilan avtomobildan tushayotgani aks etgan. Shu payt u avtobus yaqinlashayotgan yo‘lda xavfli vaziyatda qolgan ayolni payqab qoladi.

Aktyor zudlik bilan harakat qilib, ayolning qo‘lidan ushlaydi va uni avtobus yo‘lidan chetga tortadi. Shu tariqa ehtimoliy baxtsiz hodisaning oldi olinadi.

Voqea aks etgan videoda Yildirimning tezkor harakati va vaziyatga befarq bo‘lmagani ko‘zga tashlanadi. Aktyorning bu ishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?