Qisqa videolarni ko‘p ko‘rish miya faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?

1 daqiqa o'qish0
Qisqa videolarni ko‘p ko‘rish miya faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?

Instagram Reels, YouTube Shorts va TikTok kabi platformalardagi qisqa videolarni uzoq vaqt tomosha qilish insonning diqqatini jamlash qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Olimlar qisqa videolarni ko‘p ko‘rish bilan diqqatni bir joyga qaratishdagi qiyinchiliklar o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlagan.

Buning sababi shundaki, qisqa vaqt ichida bir-biridan keskin farq qiluvchi ko‘plab videolarni tomosha qilishga miya doimiy ravishda moslashishga majbur bo‘ladi. Natijada yangi axborotni tez-tez qabul qilishga odatlanish uzoq vaqt davomida bir mashg‘ulotga e’tibor qaratishni qiyinlashtirishi mumkin.

Ayrim insonlarda bunday odat uzun matnlarni o‘qish, dars tayyorlash yoki zerikarli vazifalarni oxirigacha bajarishda qiyinchilik tug‘dirishi ehtimoldan xoli emas.

Bundan tashqari, ayniqsa, uxlashdan oldin qisqa videolarni uzluksiz tomosha qilish uyqu vaqtini kechiktirishi va dam olish tartibini buzishi mumkin.

Mutaxassislar bunday holatlarning oldini olish uchun telefondan foydalanish vaqtini nazorat qilish, videolar orasida tanaffus olish va uxlashdan oldin ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklashni tavsiya etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?