22:22 / 01.05.2020
3 903

Umurtqaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 11 odat

Umurtqaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 11 odat
Foto: Cosmopolitan
Umurtqa pog‘onasi organizmning eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, salomatlikda muhim rol o‘ynaydi. Cosmopolitan nashri kundalik turmushimizdagi qanday odatlar umurtqa zararlanishiga olib kelishiga to‘xtaldi.

Chekish
Chekish nafaqat yurak qon tizimi, balki umurtqa uchun ham zarar ekani allaqachon isbotlangan. Gap shundaki, chekish oqibatida qondagi sirkulyatsiya yomonlashadi. Qancha ko‘p cheksangiz umurtqangiz shuncha ko‘p qiynaladi.

Sutli mahsulotlarni kam iste’mol qilish
Suyaklar mustahkamligi uchun, ayniqsa 45-50 yoshdan keyin kalsiy juda muhim hisoblanadi. Ushbu kerakli modda yetishmovchiligini bartaraf qilishning eng oddiy yo‘li esa sutli mahsulotlarni iste’mol qilishdir. Tarkibida kalsiy bor mahsulotlarni yemaslik, suyaklar yemirilishi, kattalarda osteoporoz rivojlanishini jadallashtiradi. 50 yoshgacha kuniga 1000 mg, 50 yoshdan keyin bo‘lsa 1200 mg va undan ko‘p miqdorda kalsiy qabul qilish kerak.

Bukchayish
Yoshimiz o‘tgan sari qadni rostlash murakkabdek tuyulaveradi. Gavdaning bukchayishi, ichki a’zolarga yuk bo‘ladi. Shu sabab mutaxassislar 30 yoshdan keyin yoga va boshqa umurtqa pog‘onasini yaxshilashga qaratilgan mashqlar bilan shug‘ullanish kerakligini ta’kidlaydi.

Smartfondan ko‘p foydalanish
Telefonni yelkaga qo‘yib uzoq vaqt suhbatlashish yoki ekranga soatlab termilib video tomosha qilish umurtqaning yuqori pog‘onasini zo‘riqishiga sababchi bo‘ladi. Bu esa ma’lum vaqtdan keyin jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Tartibning yo‘qligi
Vaqtida uxlamaslik yoki kunlik ishlarning pala-partish bajarilishi umurtqaga ta’sir qilmay qo‘ymaydi. Uyqungiz qanchalik tayin bo‘lmas ekan umurtqa bilan bog‘liq kasalliklarga uchrashingiz ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Uyqusizlikning oqibati surunkali og‘riq yoki yallig‘lanishga olib kelishi mumkin.

Uzoq vaqt o‘tirib ishlash
Ishingiz sabab uzoq vaqt kursiga mixlanishga majbur bo‘lsangiz, unda umurtqangiz haqida zudlik bilan qayg‘urishni boshlang. Har kuni yoki ish orasidagi har ikki soatda jismoniy mashqlar bajaring.

Noqulay to‘shak
Yumshoq yoki qattiq to‘shakda yotish umurtqa uchun qulay emas. Uning salomatligi uchun o‘rtacha qattiqlikdagi to‘shakda yotish tavsiya qilinadi. Shuningdek, to‘shak sizga necha yildan beri xizmat qilayotganiga ham e’tibor bering. Agar 8-10 yildan beri uni almashtirmagan bo‘lsangiz unda bu ishni ortga surmay umurtqangiz salomatligi haqqi hurmati zudlik bilan almashtiring.

Ko‘p miqdorda kofein iste’mol qilish
Qahvaning ajoyib ichimlik ekani, salomatlik uchun foydasi yo‘q emasligi aniq, lekin tarkibidagi kofein, organizmdan kalsiyni chiqarib yuborish xususiyatiga egaligini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Agar siz kuningizni qahvasiz tasavvur qila olmasangiz unda taomnomangizda, tarkibida kalsiy bo‘lgan mahsulotlar yetarlicha bo‘lishiga e’tibor qarating.

Og‘ir sumka
Agar siz aksariyat vaziyatlarda og‘ir sumka taqadiganlardan bo‘lsangiz shuni biling: umurtqangiz xavf ostida. Salomatlik har nedan muhim ekanini unutmang, katta sumkalarni tutmaslikka, ularni kichigiga almashtirishga harakat qiling.

Baland poshna
Umurtqaning birinchi raqamli dushmani bu — baland va ingichka poshnali tufli bo‘ladi. Agar siz poshnalardan voz kecholmaydiganlardan bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda uni ora-sirada kiyishga harakat qiling. Boshqa vaqtlarda yurish va oyoq harakatlanishi uchun qulay, yengil poyabzallarni tanlang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Umurtqaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 11 odat