Foto: My Thirty Spot
Issiq kunda o‘zingizni yaxshi his qilishga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Havo harorati ko‘tarilishi bilan inson ishtahasi bo‘g‘ilayotgandek tuyiladi. Bunday vaqtda nima qilish kerak?
Nonushta qilishni kanda qilmang
Nonushta kunlik energiya manbayi bo‘lgani bois ham uni o‘tkazib yuborish kun bo‘yi o‘zingizni behol his qilishingizga sababchi bo‘ladi. Tongda uglevodlarni, qo‘shimcha sifatida esa oqsil va yog‘larni iste’mol qilish muhim sanaladi. Masalan, uy sharoitida donli undan tayyorlangan non, pishloq, tovuq go‘shti qo‘shib tayyorlanadigan buterbrod yozgi nonushta uchun yaxshi tanlovdir.
Kechki ovqat ham muhim sanaladi
Kechki ovqat ham uglevod, oqsil va sabzavotlarga boy bo‘lishi kerak. Kunning boshqa qisimida esa mevalar, smuzi va sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlar iste’mol qilish kerak. Eng asosiysi, kunning yarmida lohas bo‘lmaslik va tunda ochlik hissi uyg‘onmasligi uchun uglevodlardan ertalab va kechqurun energiya olish tavsiya qilinadi.
Foto: Food Lion
O‘simlik yog‘idan foydalaning
Iste’mol qilinayotgan yog‘larning uchdan ikki qismi o‘simliklarniki bo‘lishi kerak. Bu teridagi namlik saqlanishi, organizmning issiqqa chidamli bo‘lishi va elementlarni ichaklarda oson so‘rilishi, shuningdek, miya faoliyatining faol bo‘lishiga yordam beradi.
Shirinlikdan bosh tortmang
Shirinlik deganda shokolad yoki pishiriqlar emas, meva va asal qo‘shib tayyorlanadigan kokteyl, banandan tayyorlangan muzqaymoq, quruq mevali ichimliklar nazarda tutilmoqda.
Ko‘proq suyuqlik iching
Ko‘pincha biz ochlik hissi bilan chanqoq hissini adashtirib yuboramiz. Och qoldim degan xayolga bormaslik va odatdagidan ko‘p ovqatlanmaslik uchun esa ichimliklar, asosan, suv ichish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Gavining qilig‘i Flikka yoqmadi: “Aql o‘rgatishni senga kim qo‘yibdi?”
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi