Yozda qalqonsimon bezni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar

1 daqiqa o'qish2.7K
Yozda qalqonsimon bezni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar
Foto: Getty Images
Qalqonsimon bez kasalligi yozda qo‘zg‘aydigan kasalliklardan biri hisoblanadi va ko‘pincha avval kuzatilmagan insonlarda ham aynan ushbu mavsumda bezovta qiladi. Salomatlik, kishi o‘zini his qilishi uchun muhim bo‘lgan qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligi uchun nima qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Endokrinolog shifokor ko‘rigidan o‘ting
Agar yoshingiz 30 dan oshgan bo‘lsa, unda hech bo‘lmaganda bir marta endokrionolog shifokor ko‘rigidan o‘tish va qalqonsimon bezni ultratovush (UZI) tekshiruvdan o‘tkazish tavsiya etiladi. So‘nggi vaqtlarda vazn o‘zgarishi, soch to‘kilishi, terida muammolar va uyquning buzilishi kuzatilsa, ayniqsa befarq bo‘lmang. Yana bir narsani yodda tuting, ko‘pincha qalqonsimon bez kasalligi simptomlarsiz namoyon bo‘ladi.

Ultrabinafsha nurlaridan qoching
Ultrabinafsha nurlari, teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari quyosh nurlari qalqonsimon bez uchun zararli hisoblanadi. Chunki quyosh nuri ta’sirida tireotop gormonlari odatdagidan ham faol ishlab chiqarilib, giperteriozga olib keladi. Shuningdek, quyosh vannalaridan ham qochish tavsiya qilinadi.

Dengiz mahsulotlarini keragidan ortiq iste’mol qilmang
Qalqonsimon bezga yod kerakligi rost, ammo me’yorida. Unutmang yod miqdorining oshib ketishi, yetishmovchiligi kabi xavfli bo‘lishi mumkin. Shu sababdan ham dengiz mahsulotlarini keragidan ortiq iste’mol qilmaslik kerak.

Yog‘dan butkul voz kechmang
Yozning jazirama kunlari uchun yengil ovqatlanish tabiiy hol bo‘lgani bilan qalqonsimon bez uchun yog‘, xususan monoto‘yingan yog‘lar havodek zarur ekanini unutmaslik kerak. Agar siz yoz kunlarida yengil salat iste’mol qilishni yoqtiradiganlardan bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda o‘simlik yog‘i, yong‘oq va pista qo‘shib iste’mol qilish​ tavsiya qilinadi.

Kiyinishga ham e’tibor bering
Sintetik matodan tikilgan libos 30 foiz, paxtadan tikilgan yupqa libos esa 40 foiz ultrabinafsha nurini o‘tkazmaslik xususiyatiga ega. Shuningdek, issiq kunlarda quyosh nuridan saqlovchi kremlardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Suvda ko‘p vaqt o‘tkazmang
Suvda — hovuz, dengizda bo‘lgan insonga quyoshning ultrabinafsha nurlari odatdagidan ham ko‘p ta’sir qilishi mumkin. Xavf oldini olish uchun, suvda ko‘p bo‘lmaslik va suvga chidamli quyoshdan saqlovchi kremlardan foydalanish maslahat beriladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?