Poliz ekinlari meva va sabzavotlarni bugungi kunda istalgan faslda do‘konlardan topish imkoni bo‘lsa-da, mutaxassislar tarvuzni aynan yoz mavsumida yeyishni tavsiya qiladi.
Chunki tabiiy yo‘l bilan pishib yetilgan tarvuzda ozuqa moddalari to‘planishi vaqt, harorat, namlik va yorug‘lik darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqa fasllarda issiqxonada yetishtirilgan tarvuzlarda esa foydali xususiyatlar, tabiiy yetishtirilganidan farq qiladi. Harper’s Bazaar nashri yozda sevib iste’mol qilinadigan tarvuzning foydali xususiyatlariga to‘xtaladi.
Foydali jihatlari
Tarkibida 92 % suv bo‘lgan tarvuz, vitaminlarning koni hisoblanib organizm faoliyatida ahamiyatli hisoblanadi. Kaliy va magniyga boy bo‘lgan mazkur mahsulot, asab tizimi va miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu minerallar ish samaradorligini oshirib, xotira va diqqatni yaxshilaydi.
Bundan tashqari tarvuzning antioksidantlik xususiyati ham yuqori hisoblanadi. Vitamin A va B, kartonoidga boy bo‘lgan ushbu mahsulot, yallig‘lanish va organizmning erta qarishini oldini oladi. Tarkibida suv, vitamin va minerallar yuqoriligi esa, teri salomatligi va ko‘rinishga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Hujayralarni ichki tomondan namlantirib, teri qurishi va ajin tushishining oldini oladi.
Qolaversa, tarkibida mavjud moddalar sabab, yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladi va mustahkamlaydi va shu sabab ham necha yosh bo‘lishdan qat’i nazar, profilaktika sifatida tarvuz iste’mol qilib yurish tavsiya qilinadi.
Foto: Harper’s Bazaar
Ushbu poliz ekini tarkibidagi likopin, organizmdagi «yomon» xolesterin miqdorini kamaytiradi, qon-tomir devorlarini mustahkamlab, oksidlanish reaksiyalarini oldini oladi.
Kartonoidga boyligi sabab, ko‘z salomatligiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Faol moddalar yosh bilan bog‘liq ko‘z kasalliklari, xususan, kataraktaning oldini oladi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.
Sport mashqlaridan keyin organizmdagi suv zapasini to‘ldirish va mushaklar tiklanishi uchun ham tarvuzdan a’losi bo‘lmaydi. Tarvuz sitrullin — o‘simlik aminokislotasiga boy ekani sabab, mushak to‘qimalarining qayta tiklanishini tezlashtirib, jismoniy mashqlardan keyingi og‘riqlarni kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi