4 564
Tushkunlik, charchoq, ortiqcha vazn. Sport bilan shug‘ullanish vaqti kelganini bildiruvchi belgilar
Foto: Getty Images
Noto‘g‘ri ovqatlanish, toza havoning yetishmasligi – bular barchasi vazn ortishiga, tana chidamliligining pasayishi va stressga olib keladi. Natijada organizm yengil zo‘riqishga ham bardosh bera olmaydigan bo‘lib qoladi. Ayni shu paytda sog‘lom turmush tarzida o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish va kundalik rejangizga jismoniy mashqlarni qo‘shish vaqti keladi.
Ortiqcha vazn – birinchi va eng muhim alomatdir. Vazn yo‘qotishda nafaqat sport mashg‘uloti, balki to‘g‘ri ovqatlanish ham muhim rol o‘ynaydi. Agarda siz sezilarli darajada ortiqcha vazn to‘plaganingizni his qilsangiz, mashqlar bajarishni boshlang.
Zinalardan ko‘tarilganda nafas yetishmovchiligi
Agar sizda yuqori zinalarga ko‘tarilish vaqtida nafas qisilishi kuzatilsa, bu tanangizning chidamlilik darajasi pasayganini ko‘rsatadi. Bora-bora tana oddiy vazifalarni ham bajara olmaydi. Bunday vaziyatda yugurish mashqlari chidamlilik va harakatchanlikni oshirish uchun bajarilishi kerak. Avval sport bilan shug‘ullanmagan bo‘lsangiz, ertalab toza havoda oddiy yurishdan boshlang. Keyin yugurishga o‘tishingiz mumkin.
Foto: Lifestyle
Mushaklardagi og‘riq
Mushaklardagi kuch kundalik uy vazifalarini bajarish uchun kerak. Agar siz kun bo‘yi uyda o‘tirsangiz va sport bilan shug‘ullanmasangiz, do‘kondan og‘ir sumkalarni ham olib kelishda mushaklar og‘rig‘iga duch kelasiz. Tanani dangasa holga keltirmaslik uchun kundalik rejangizga oddiy mashqlarni qo‘shib boring.
Kun davomida bir holatda o‘tirsangiz, tananing umumiy moslashuvchanligi sezilarli darajada buzilishi mumkin. Buning uchun turli xil bo‘g‘imlar harakatchanligini oshiradigan mashqlar bajaring. Masalan, qo‘lingizga tiz cho‘kib yoki tizzangizni qo‘llaringiz bilan o‘rab, polga o‘tirishga va turishga harakat qiling.
Foto: Joinfo
Tushkun kayfiyat va salomatlik bilan bog‘liq muammolar
Bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riq sezilganda shifokor bilan maslahatlashishni unutmang. Ammo eng yengil jismoniy mashqlar ham tanadagi zaiflik va uyqu holati buzilishining oldini oladi. Muntazam jismoniy mashqlar esa sog‘liqni me’yorda saqlashga yordam beradi.
Ish yoki kundalik vazifalarni bajarish siz uchun qiyinchilikka sabab bo‘lyaptimi? Bunday holda ham sport, to‘g‘ri ovqatlanish tana chidamliligini oshirishga yordam beradi. Jismoniy mashqlar miyadagi stressni yengillatishda ham eng katta ko‘makchidir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi
Ukrainada Tramp nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga taklif qilindi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi