16:43 / 19.11.2020
4 749

Asalning foydali xususiyatlaridan xabardormisiz?

Asalning foydali xususiyatlaridan xabardormisiz?
Foto: Getty Images
Asalning foydasi va zarari haqida juda ham ko‘p tortishuvlar mavjud. Ba’zilar asalni mutlaqo ziyon deb hisoblaydi, yana ayrimlar esa uni eng foydali desert deb biladi. Aslida-chi? Yuqoridagi fikrlarning qay birida jon bor?

Ushbu mahsulotning 80-85 foizni uglevodlar tashkil etadi. Asal ham oddiy shakar singari qonda qand miqdorini ortishiga olib keladi, bu esa ochlikni kuchaytiradi, uzoq muddatda surunkali kasalliklarni rivojlantirishi ham mumkin. Ammo barcha noxush oqibatlar faqat asalni me’yoridan ortiq iste’mol qilgandagina yuz beradi. Shuningdek, asal tanaga zarar yetkazmaydi va qonga serotonin moddasini chiqarishi orqali inson kayfiyatini ko‘taradi.

Shirinlikni xush ko‘ruvchilar diqqatiga, asal shakarga qaraganda ancha foydali hisoblanadi. Haqiqat shundaki, oq shakar organizm uchun umuman foydasiz mahsulotdir. Uning tarkibida hech qanday vitamin, mineral yoki oqsil mavjud emas.

Tabiiy asal antioksidantlarga boy bo‘lib, ular hujayralarni himoya qiladi, teri holatini yaxshilaydi va qarish jarayonlarini sekinlashtiradi. Asal tarkibidagi faol moddalar xolesterin miqdorini pasaytirish va yurak mushagini kuchaytirish orqali yurak sog‘lig‘iga foydali ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari asal kuchli antibakterial ta’sirga ega, buning natijasida u immunitet tizimini mukammal darajada mustahkamlaydi va yallig‘lanishning oldini oladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu ma’lumotlarning barchasi 100 foiz organik tarkibga ega tabiiy asalga tegishli. Odatda ular ixtisoslashgan do‘konlarda yoki asalarichilik markazlarida sotiladi. Supermarketda sotiladigan asal mahsulotlarning aksariyati juda ko‘p konservantlar va turli xil qo‘shimchalardan tarkib topgan bo‘lishi mumkin, bu, albatta, shubhali. Bundan tashqari asal eng kuchli allergen ham hisoblanadi, shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Asalning foydali xususiyatlaridan xabardormisiz?