Samarqandda uch kishini Umraga yuborishni va’da qilgan firma rahbari ushlandi

1 daqiqa o'qish1
Samarqandda uch kishini Umraga yuborishni va’da qilgan firma rahbari ushlandi

Samarqandda tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan sayyohlik firmasi rahbari uch nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, ulardan 3 750 dollar talab qilgan. U pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sayyohlik firmasi rahbari uch nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgan. Buning evaziga u 3 750 AQSH dollari talab qilgan.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs 3 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Umra ziyoratini tashkil etish va o‘tkazish faqat tegishli litsenziyaga ega tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?