16:44 / 11.01.2021
2 597

E’tiborsiz qoldirmang: qish mavsumida tanada ro‘y beradigan 6 o‘zgarish

E’tiborsiz qoldirmang: qish mavsumida tanada ro‘y beradigan 6 o‘zgarish
Foto: «goodfon.ru»
Bunga ishonish qiyin, 3-4 oy davom etadigan sovuq mavsumda tanada bir qancha o‘zgarishlar yuz beradi. Quyosh nuri yetishmasligi hamda iqlimga chidamli bo‘lishi uchun tana o‘zini qayta tiklashga urinadi.

Lablar tez-tez quriydi
Boshqa fasllarga qaraganda sovuq tushishi bilan lablarni tez-tez ho‘llash odati paydo bo‘ladi. Chunki shamol va past harorat tufayli teri namlikni tez fursatda yo‘qotadi va suvga muhtojlik sezadi. Ammo dermatologlar bu borada jiddiy ogohlantiradi. Lablarning nozik terisini faqatgina balzam va maxsus moylar yordamida himoya qilish yaxshiroq. Agar sovuq ob-havoda lablarni tez-tez ho‘llash kuzatilsa, unda yallig‘lanish, yorilish, teri ko‘chishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Tishlarning sezuvchanligi ortadi
Agar tish emali yoki milklar sezuvchanligi sovuq mavsumda ortgani bilinsa, bu ortiqcha bezovtalikni keltirib chiqaradi. Hattoki bu og‘riqlarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, kasallangan yoki davolangan tishlarda hamda shamollagan milklarda og‘riq kuchliroq bo‘ladi. Aslida sovuq havo tish va milk uchun zararli emas, lekin og‘iz bo‘shlig‘ida paydo bo‘lgan kasallik ortidan 3-4 oy vaqt mobaynida yoqimsiz hislar davom etadi. Shuning uchun muntazam ravishda tish shifokori ko‘rigidan o‘tib, ularni sog‘lom saqlashga harakat qilish kerak.

Qonda qand miqdori oshadi
Agar bemor o‘zida qandli diabet yoki uning ikkinchi toifasi mavjudligini bilsa, sovuq mavsumda ovqatlanish va salomatligiga jiddiy e’tibor qaratishi zarur. Haroratning keskin pasayishi stress gormoni – kortizol ishlab chiqarishni ko‘payishiga olib keladi, bu esa insulinga ta’sir qiladi. Shuning uchun qishda qondagi qand miqdorini muntazam o‘lchab turish va parhezni kuzatib borish tavsiya etiladi.

Tana uzoq vaqt suvsizlanadi[/b]
Qishda nafaqat teriga namlik yetishmaydi, balki butun vujud suyuqlikni kamroq qabul qiladi. Bu albatta, xavfli, chunki qishda chanqoqlik hisi uncha sezilmaydi va tana uzoq vaqt mobaynida suvsiz turadi. Shuning uchun qish faslida chanqoq sezilmagan holatlarda ham har ikki soatda bir stakan suv ichish kerak.

[b]Migren darajasi ortadi

Migrenni qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan asosiy sabab – bu D vitamini, ya’ni quyosh nuri yetishmasligidir. Bundan tashqari, quruq havo, namlik va haroratni keskin pasayishi migren hujumi xavfini oshiradi.

Artrit xuruji tez-tez yuz beradi
Sovuq mavsum artrit bilan kasallanganlar uchun yanada qiyin bo‘lishi mumkin, ammo bunga past harorat emas, balki atmosfera bosimining ko‘tarilishi sabab bo‘ladi. Bunday vaqtda shifokorlar jismoniy faollikni oshirishni maslahat beradi. Lekin ularni asta-sekin amalga oshirish lozim. Shuningdek, issiq poyabzal va qo‘lqop haqida ham unutmaslik kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » E’tiborsiz qoldirmang: qish mavsumida tanada ro‘y beradigan 6 o‘zgarish