Foto: Harper’s Bazaar
Ko‘zlarning salomatligi nafaqat sog‘lom turmush tarziga amal qilish, balki ratsiondan qanday mahsulotlar o‘rin olganiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Losos
Omega-3 yog‘ kislotasiga bisyor bo‘lgan ushbu baliq mahsuloti foydali ekani bilan o‘ziga xosdir. Ko‘z bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun ushbu mahsulotni ratsionga kiritish tavsiya qilinadi. Uni salatga qo‘shish, dimlash yoki gril qilib pishirish xohishingizga havola.
Batat (shirin kartoshka)
Olovrang meva va sabzavotlar ko‘zning qorong‘ida ko‘rishga moslashishini yaxshilaydigan beta-karotinga boy sanaladi. Shirin kartoshkada, shuningdek, C vitamini kunlik me’yorining yarim qismi hamda E vitamini mujassam bo‘ladi.
Tuxum
Tuxumning sarig‘ida ko‘z uchun foydali bo‘lgan lyutein, rux moddasi, zeaksantin va A vitamini bisyor. So‘nggi ikki element ko‘zlarni zararlanishdan himoya qiladi, lyutein esa katarakta va boshqa ko‘z kasalliklarining kelib chiqish xavfini kamaytiradi.
Bodom
Bodom sog‘lom hujayralarni barqaror bo‘lmagan molekulalardan himoya qiluvchi E vitaminini o‘z ichiga oladi. Ushbu mahsulotni yetarli miqdorda tanovul qilish yosh bilan bog‘liq degeneratsiya, shuningdek, kataraktaning ham oldini oladi. Uni ratsionga qo‘shish hamda tamaddi vaqti iste’mol qilish mumkin.
Sut mahsulotlari
Yogurt, sut, kefir singari mahsulotlarni ta’bga qarab tanlash mumkin. Ulardagi A vitamini ko‘zning muguz pardasini himoya qiladi, rux moddasi esa kataraktaning oldini oladi.
Sabzi
Sabzi ham beta-karotinning koni hisoblanadi. Uni xomicha iste’mol qilish yoki sho‘rva va salatlarga qo‘shib, pishirib yeyish ham mumkin. Ushbu sabzavot va dolchin qo‘shib tayyorlanadigan pirog, ayniqsa, kuz faslida dolzarb bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi