O‘zingizda ranglarning ma’nosini kashf eting. Ranglar Sizning bir qismingizga aylansin


Qizil rang - Sizning ichingizda katta ehtiros yashaydi. Siz optimist, dilkash, mard, jasur insonsiz. O‘zingiz uchun ushbu rangni kashf etib, siz albatta o‘z maqsadingizga erishasiz.
Qirmizi rang - Siz odamlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishingiz mumkin. Agar hamkasblaringiz, do‘stlaringiz yoki ikkinchi yarmingiz orasida mashhurlikka ega bo‘lishni istasangiz – aynan ushbu rangni tanlang.
Sariq rang - Siz faol hayotni sevadigan ijodiy kishisiz. Siz o‘zingiz uchun har doim qiziqarli sarguzashtlarni topasiz. Sizning kuchli jihatlaringiz: originallik, o‘ziga ishonch, hayotga quvonch ko‘zi bilan qarash.
Yashil rang - Siz o‘zingiz kelishuvchansiz. Sizni hech narsa xavotirga solmaydi. Siz uchun turli xil voqealar mutlaqo ahamiyatsiz. Kim o‘zi uchun yashil rangni kashf etsa quyidagi ijobiy sifatlarga ega bo‘ladi: hamma bilan kelishib keta oladi, tasavvuri kuchli rivojlangan, ishchanlik qobiliyatiga ega.
Zangori rang - o‘zingiz uchun ushbu rangni kashf etib, hikmat, sabr, osoyishtalikni o‘rganasiz. Bu rang odamlarga katta ruhiy quvvat beradi va o‘z fikri ustidan nazorat qilishni o‘rgatadi.
Ko‘k rang – inson uchun kuchli ruh ato etadi. Agar o‘zingizda ishonch yetishmaydigan bo‘lsa – o‘zingiz uchun bu rangni oching, Sizning hayotingiz ishonchli bo‘ladi.
Siyoh rang - kuchli ranglardan biri. Bu rang Siz uchun etakchilik, donolik va muhabbatni ochadi. Siz ixtirochilik qobiliyatiga ega ijodiy shaxsga, imonli va medium qobiliyatli ega shaxsga aylanasiz.































Izohlar 0
…