63 yoshli yapon ayol o‘zidan 32 yosh kichik erkakka turmushga chiqdi

1 daqiqa o'qish14.3K
63 yoshli yapon ayol o‘zidan 32 yosh kichik erkakka turmushga chiqdi

Yaponiyada 63 yoshli Azarashi ismli ayol o‘zidan 32 yosh kichik 31 yoshli erkak bilan turmush qurgani va ular birgalikda nikoh agentligini boshqarayotgani bilan internet foydalanuvchilari e’tiborini tortmoqda. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Azarashi avvalgi turmush o‘rtog‘i bilan 20 yildan ziyod yashagan va 48 yoshida ajrashgan. Shundan so‘ng u farzandini yolg‘iz tarbiyalagan, uy hayvonlari uchun kiyim-kechak sotadigan biznes bilan shug‘ullangan.

Uning hozirgi turmush o‘rtog‘i bilan tanishuvi 2020 yil avgustida Tokiodagi kafeda boshlangan. Azarashi kafeda birov qoldirib ketgan telefonni topib, uning egasiga qaytarib bergan. Oradan bir hafta o‘tib, ular tasodifan yana bir jamoat transportida uchrashib qolgan va telefon raqamlarini almashgan. Shundan keyin ular muntazam suhbatlasha boshlagan.

Qizig‘i, juftlik munosabatlarining dastlabki davrida bir-birining haqiqiy yoshini bilmagan. Taxminan bir oy o‘tib, yoshlarini bilib olishgan. Shunga qaramay, munosabatlarini davom ettirishga qaror qilishgan.

Azarashining o‘g‘li hozirgi turmush o‘rtog‘idan 6 yosh katta. Yigitning onasi esa Azarashidan 6 yosh kichik bo‘lib, dastlab ularning munosabatlariga qarshi chiqqan. Keyinchalik o‘g‘lining qat’iy qaroridan so‘ng munosabatga rozi bo‘lgan.

Juftlik 2022 yil dekabrida nikohini rasman qayd ettirgan. Ular bir-birini ijtimoiy tarmoqlarda «Malika» va «Shahzoda» deb atab keladi. Hozirda esa birgalikda nikoh agentligini yuritmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?