"Sharq" guruhi xonandasi Tatyana Zayseva ajrashganini ma’lum qildi va xeyterlarning gaplariga javob berdi

"Sharq" guruhi xonandasi Tatyana Zayseva ajrashganini ma’lum qildi va xeyterlarning gaplariga javob berdi

"Sharq" guruhi xonandalari Sarvar va Tatyana Zayseva ajrashganini ma’lum qilganidan so‘ng, xonanda ijtimoiy tarmoqlarda turli negativ izohlarga duch kelmoqda. Tatyana esa xeyterlarga murojaat qilib, insonlarning shaxsiy hayotiga aralashmaslikka chaqirdi.

Tatyana Zaysevaning aytishicha, ayrim foydalanuvchilar uning ajrashganidan keyingi hayoti haqida turli fikrlar bildirmoqda.

"Har bir inson alohida dunyo, alohida yurak. Juda ko‘p odamlar birovni muhokama qilishga tayyor", — deya murojaat qildi xonanda.

U ayrim izohlarda "ajrashib, o‘zini qo‘yib yubordi, mazza qilib yuribdi" kabi fikrlar yozilayotganini aytdi. Xonanda odamlar boshqalarning hayoti haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib xulosa qilmasligi kerakligini ta’kidladi.

Tatyana Zaysevaning fikricha, har bir insonning boshqalarga ko‘rinmaydigan o‘z dunyosi va muammolari bor.

"Sizlar bilmaydigan dunyo, hammani o‘ziga yarasha dardi bor. Hammaga o‘zilaga nisbatan mehr-muhabbat tilayman", — dedi u.

Tatyana: "Birovning hayotini muhokama qilmang"

Xonanda murojaati orqali unga salbiy fikr bildirayotganlarga javob berar ekan, insonlarni avvalo o‘z hayotiga va his-tuyg‘ulariga e’tibor qaratishga chaqirdi.

Sarvar va Tatyana Zaysevaning ajrashgani haqidagi xabardan keyin xonandaning shaxsiy hayoti ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan bir paytda, uning yangi murojaati ham kuzatuvchilar e’tiborini tortdi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar