date

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 628,7 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 628,7 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 628,7 trln so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 123 trln so‘mga oshgan bo‘lib, 13,7 foizga o‘sdi.
2024-yilning yanvar-avgust oylarida xizmatlar hajmi 505,8 trln so‘mni tashkil qilib, o‘sish sur’ati 113,2 foizni tashkil etgan.
2025-yilning tahlil qilingan davrida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 16,7 mln so‘mga yetgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,5 foizga o‘sdi.
Shuningdek, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 344,9 trln so‘mni tashkil qilib, umumiy bozor xizmatlari hajmining 54,9 foizini egalladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 628,7 trln so‘mga yetdi