Dunyodagi eng boylar xaritasi: qayerda millionerlar eng ko‘p?

1 daqiqa o'qish408
Dunyodagi eng boylar xaritasi: qayerda millionerlar eng ko‘p?

Dunyoda millionerlar soni va ularning aholi orasidagi ulushi bo‘yicha yangi reyting tuzildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Shveytsariya aholisi orasida millionerlar ulushi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shveytsariyada katta yoshli aholining 16,45 foizi bir million AQSh dollaridan ortiq sof aktivlarga ega. Bu degani, mamlakatdagi deyarli har oltinchi kishi millioner. Reytingda Lyuksemburg va Honkong ham yuqori o‘rinlardan joy oldi.

Mutlaq raqamlar bo‘yicha esa AQSh hanuz dunyoning boylar markazi bo‘lib qolmoqda — bu yerda 22 milliondan ortiq millioner yashaydi. Ikkinchi o‘rinda Xitoy (6,3 million), undan keyin Fransiya (2,9 million), Yaponiya va Germaniya (har biri 2,7 million) qayd etilgan.

Afrikaning Sahroi Kabirdan janubdagi hududlari, Janubiy Osiyo va Markaziy Amerikaning ayrim mamlakatlarida esa millionerlar ulushi deyarli nolga teng.

Mutaxassislar bu tafovutni iqtisodiy rivojlanish darajasi, moliyaviy tizimning barqarorligi va kapital to‘planish imkoniyatlari bilan izohlamoqda. Shveytsariya esa o‘zining bank tizimi, siyosiy barqarorligi va yuqori turmush darajasi tufayli millionerlar uchun eng qulay davlatlardan biri sifatida qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?