date

O‘zbekiston 2025 yilda qancha bug‘doy uni import qildi?

O‘zbekiston 2025 yilda qancha bug‘doy uni import qildi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonga 8 ta xorijiy davlatdan 422,6 ming tonna bug‘doy uni import qilingan. Importning umumiy qiymati 124,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan.

Qayd etilishicha, import hajmi 2024 yilga nisbatan 48,3 ming tonnaga yoki 10,3 foizga kamaygan. Mazkur ko‘rsatkich un bozoridagi tashqi xaridlar qisqarganini anglatadi.

2025 yilda O‘zbekistonga eng ko‘p bug‘doy uni Qozog‘istondan olib kelingan — 399,8 ming tonna. Shuningdek, Rossiyadan 22,1 ming tonna un yetkazib berilgan.

Qolgan davlatlar hissasi ancha kam bo‘lgan: Tojikistondan 425 tonna, AQSHdan 90 tonna, Qirg‘izistondan 50 tonna un import qilingan. Yana 71,3 tonna un boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston 2025 yilda qancha bug‘doy uni import qildi?