date

Yevroittifoqning besh davlati energetika kompaniyalariga soliq joriy etishni taklif qildi

Yevroittifoqning besh davlati energetika kompaniyalariga soliq joriy etishni taklif qildi

Yevropa Ittifoqining qator davlatlari energetika kompaniyalariga nisbatan yangi soliq joriy etish tashabbusi bilan chiqdi. Reuters xabariga ko‘ra, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya va Avstriya moliya vazirlari ushbu masalada umumiy pozitsiyani ilgari surdi.

Ularning ta’kidlashicha, jahon bozorida yoqilg‘i narxlarining keskin oshishi fonida energetika kompaniyalari katta daromad olmoqda. Shu sababli, bu ortiqcha foydadan jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish zarurligi qayd etilgan.

“Yuqori daromad olayotgan energetika kompaniyalari aholiga narxlar oshishining salbiy ta’sirini kamaytirishga hissa qo‘shishi kerak”, deyiladi vazirlar murojaatida.

Hozircha taklif etilayotgan soliq stavkasi aniq belgilanmagan. Mazkur tashabbus Yevrokomissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yevroittifoqning besh davlati energetika kompaniyalariga soliq joriy etishni taklif qildi