Mamlakatda birinchi chorakda 63 trln so‘mdan ortiq soliq yig‘ildi

O‘zbekistonda 2026 yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eng katta tushum foyda solig‘i hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda 20,4 trillion so‘m yig‘ilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning birinchi choragiga nisbatan 43 foizga oshgan. Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumi 12,5 trillion so‘mni tashkil etib, 27 foizga ko‘paygan.
Jismoniy shaxslar daromad solig‘i 10,7 trillion so‘mga yetgan. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari 6 trillion so‘mni, aksiz solig‘i esa 4,6 trillion so‘mni tashkil etgan. Soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonalari qariyb 42 trillion so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasi esa 10,8 trillion so‘m soliq to‘lagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!