date

Bitmine Ether narxining pasayishidan foydalanib, 71 672 ETH sotib oldi

Bitmine Ether narxining pasayishidan foydalanib, 71 672 ETH sotib oldi

Bitmine Immersion Technologies kompaniyasi raisi Tom Lee Ether narxi 2200 dollardan pastga tushganini investitsiya uchun qulay imkoniyat deb baholadi. Kompaniya ushbu pasayish davrida o‘z zaxirasini 71 672 ETH ga boyitib oldi. So‘nggi bir hafta ichida Ethereum narxi 2081 va 2341 dollar oralig‘ida tebranib, seshanba holatiga ko‘ra 2128 dollarni tashkil etdi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Bitmine hozirda eng yirik Ether xazinachisi hisoblanadi va Michael Saylor’ning strategiyasiga o‘xshash biznes modeliga amal qiladi. Kompaniyaning umumiy aktivlari 5,2 million ETH dan oshdi. Maqsad esa Ethereum’ning umumiy muomaladagi 120,7 millionlik ta’minotining 5 foizini o‘z qo‘lida jamlashdan iborat.

Bozordagi yirik investorlar ham faollashmoqda. Lookonchain tahliliy platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n yil avval Ethereum sotib olib, o‘tgan yili sotib yuborgan yirik investor (whale) yana bozorga qaytdi va 2182 dollar narxda 1951 ETH xarid qildi.

Tom Lee neft narxining ko‘tarilishi kriptovalyuta bozoriga bosim o‘tkazayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, neft narxlarining barqarorlashuvi Ether qiymatining tiklanishiga olib kelishi mumkin. Citigroup tahlilchilari esa kelgusi 12 oy ichida Ethereum narxi 3175 dollargacha, ijobiy ssenariyda esa 4488 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligini bashorat qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bitmine Ether narxining pasayishidan foydalanib, 71 672 ETH sotib oldi