date

Bitcoin Pizza Day: 10 ming BTC bugungi kunda qanchaga teng?

Bitcoin Pizza Day: 10 ming BTC bugungi kunda qanchaga teng?

Juma kuni Bitcoin hamjamiyati tarixiy “Pizza Day” bayramining 16 yilligini nishonladi. Bu sana Bitcoin yordamida real dunyodagi tovar sotib olingan ilk tijoriy tranzaksiya sifatida tarixga kirgan. 2010-yilning may oyida dasturchi Laszlo Hanyecz onlayn forumda o‘sha paytda taxminan 41 USD qiymatiga ega bo‘lgan 10,000 BTC evaziga ikkita Papa John's pitsasini sotib olishni taklif qilgan edi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Hozirgi bozor narxlarida ushbu 10,000 BTC qiymati 767 million USDdan oshib ketdi. 2025-yilning oktyabr oyida qayd etilgan 126,000 USDlik eng yuqori cho‘qqida esa bu aktivlar 1.2 milliard USDdan ko‘proqni tashkil etgan. WazirX birjasi asoschisi Nischal Shettyning ta‘kidlashicha, o‘sha paytlarda Bitcoin tarmog‘ida kuniga atigi bir necha yuzta tranzaksiya amalga oshirilgan va deyarli hech qanday to‘lov infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan.

Hanyeczning ushbu amaliyoti Bitcoin nafaqat onlayn eksperiment, balki real dunyoda to‘lov vositasi sifatida xizmat qila olishini isbotladi. Bugungi kunda Bitcoin davlatlar darajasida qabul qilinmoqda. Xususan, 2024-yilda strategik Bitcoin rezervlarini yaratish va kripto to‘lovlar uchun soliq imtiyozlarini joriy etish kabi tashabbuslar global miqyosda diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Shuningdek, 2026-yil aprel oyida Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi neft tankerlari uchun boj to‘lovlarini Bitcoin, USD stablecoinlari va Xitoy yuanida qabul qilishini e‘lon qildi. Hozirda zanjir ichidagi (on-chain) ma‘lumotlar neft bojlari uchun ko‘proq Tether (USDt) ishlatilayotganini ko‘rsatsa-da, Bitcoinning global iqtisodiyotdagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bitcoin Pizza Day: 10 ming BTC bugungi kunda qanchaga teng?