Clarity Act: Soliq islohotisiz kripto ommalashuvi qiyin kechadi

AQSHda kriptovalyuta sanoati uchun aniq va qatʻiy qoidalarni oʻrnatishga qaratilgan Clarity Act loyihasi koʻpchilik tomonidan Bayden maʻmuriyati davridagi "majburiy tartibga solish" yondashuvidan voz kechish belgisi sifatida koʻrilmoqda. Qogʻozda ushbu qonun loyihasi sanoat uchun aniqroq taʻriflar va izchil tartibga solish doirasini taklif qilayotgan boʻlsa-da, mutaxassislar faqatgina huquqiy aniqlik kripto aktivlarning keng ommalashishiga olib kelmasligidan ogohlantirmoqda. Bu haqda Coindesk.com xabar beradi.
Hozirgi vaqtda AQSHning kripto soliq tizimi juda murakkab va chalkash boʻlib qolmoqda. Xususan, kripto-brokerlar tomonidan taqdim etilishi kerak boʻlgan Form 1099-DA hisoboti shaffoflikni oshirishga qaratilgan boʻlsa-da, amalda teskari natija bermoqda. Foydalanuvchilar koʻpincha aktivlarning tannarxi (cost basis) koʻrsatilmagan yoki saqlash muddatlari notoʻgʻri qayd etilgan shakllarni olishmoqda, bu esa chakana investorlar uchun minglab tranzaksiyalarni qoʻlda tekshirish zaruriyatini tugʻdirmoqda.
Muammo shundaki, aktivlar platformalar oʻrtasida koʻchirilganda, ularning sotib olingan narxi haqidagi maʻlumotlar koʻpincha yoʻqoladi. Tizim esa Bitcoin yoki Ethereum kabi raqamli aktivlarni xuddi anʻanaviy qimmatli qogʻozlar kabi birgina brokerlik hisobida saqlanadigan aktiv sifatida koʻradi. Natijada, barcha masʻuliyat soliq toʻlovchining zimmasiga tushmoqda, u esa butun tranzaksiyalar tarixini qayta tiklashi yoki audit xavfiga duch kelishi kerak.
Clarity Act doirasidagi audit va hisob yuritish talablari CFTC nazorati ostida tartibga solish uchun zarur boʻlsa-da, ularni texnik amalga oshirish juda qiyin. Mijozlar mablagʻlarini alohida saqlashni isbotlash uchun doimiy audit zanjirlarini yaratish ishonchni oshiradi, ammo 24/7 rejimida ishlaydigan blokcheyn maʻlumotlarini off-chain aloqalar bilan real vaqtda moslashtirish firmalardan ulkan operatsion resurslarni talab qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!