O‘zbekiston mahsulotlariga talab qaysi davlatlarda yuqori?

O‘zbekiston mahsulotlariga talab qaysi davlatlarda yuqori?
Qisqacha

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning umumiy eksport hajmi qariyb 10 milliard AQSH dollariga yetdi. Hisobot davrida 1,5 milliard dollarlik mahsulot qabul qilgan Rossiya O‘zbekiston mahsulotlari uchun eng yirik eksport bozori bo‘lib qoldi. Shuningdek, Xitoyga 919,6 million dollar va Afg‘onistonga 643,7 million dollarlik mahsulot eksport qilinib, keyingi o‘rinlarni egalladi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonning umumiy eksport hajmi qariyb 10 milliard AQSH dollariga yetdi.

Hisobot davrida Rossiya O‘zbekiston mahsulotlari uchun eng yirik eksport bozori bo‘lib qoldi. Ushbu mamlakatga 1,5 milliard dollarlik mahsulot yetkazib berilgan.

Eksport hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Xitoy va Afg‘oniston egalladi. Xitoyga 919,6 million dollar, Afg‘onistonga esa 643,7 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Shuningdek, Fransiya (498,6 mln dollar), Qozog‘iston (425,5 mln dollar), Turkiya (361,4 mln dollar), BAA (265,5 mln dollar), Qirg‘iziston (254,2 mln dollar), Tojikiston (213,3 mln dollar) va AQSH (122,5 mln dollar) O‘zbekistonning yirik savdo hamkorlari qatoridan joy oldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar