Qarzdor 457 korxonani qo‘llab-quvvatlashga 50 mln dollar ajratiladi

Tarmoqdagi 457 ta korxonaning muddati o‘tgan qarzdorligi 3,5 trillion so‘mga yetgan. Asosiy muammo mahsulot tannarxining yuqoriligi va ishlab chiqarilayotgan tovarlarga bozorda yetarli talab bo‘lmayotgani bilan bog‘liq.
Mas’ullarga har bir korxona faoliyatini alohida o‘rganish, moliyaviy holatini auditdan o‘tkazish va ular uchun individual sog‘lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.
Ushbu korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million dollar ajratiladi. Mablag‘lar ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, mahsulot tannarxini pasaytirish va bozorda talab yuqori bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga sarflanadi.
Ko‘rilayotgan choralar orqali korxonalarning qarz yukini kamaytirish, ularni zarardan chiqarish va mahsulotlarini raqobatbardosh qilish maqsad qilingan.


























Izohlar 0
…