“Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra birja bitimi to‘g‘risidagi axborot endilikda sudlar, surishtiruv va tergov organlari bilan birgalikda Hisob palatasiga ham uning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladigan bo‘ldi.
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalar bilan endilikda Hisob palatasi ham valyutani nazorat qiluvchi organ sifatida belgilandi.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra endilikda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bir yilda kamida bir marta o‘z majlisida viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining fuqarolar huquqlari va erkinliklarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitishi belgilandi.
Shuningdek, qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kiritildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Hisob palatasi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiquvchi organlar qatoriga kiritildi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi