ACWA O‘zbekistondagi soliq islohotlarini yuqori baholadi

Iqtisodiyot1 daqiqa o'qish5
ACWA O‘zbekistondagi soliq islohotlarini yuqori baholadi

Saudiya Arabistonining ACWA kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Muhammad Abuneyyan O‘zbekistonda olib borilayotgan soliq siyosati va xorijiy investorlar uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan islohotlarga ijobiy baho berdi. Bu haqda u 28 noyabr kuni Soliq qo‘mitasi raisi Farruh Po‘latov bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Muloqotda Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashlari vakillari ham qatnashdi, deb xabar beradi UzDaily.uz.

Muhammad Abuneyyanning aytishicha, O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar xorijiy investorlar va aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, mamlakat siyosati nafaqat investitsiyalarni jalb qilish, balki ularni samarali o‘zlashtirishga ham qaratilgan.

ACWA rahbari Soliq qo‘mitasining soliq ma’murchiligi tizimini tushunarli, shaffof va oldindan prognoz qilish mumkin bo‘lgan shaklda yo‘lga qo‘yish borasidagi ishini alohida qayd etdi. Uning fikricha, bunday sharoitlar xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston bozoriga kirish haqidagi qarorlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Saudiya delegatsiyasi O‘zbekistonda soliq stavkalari ko‘p yillar davomida barqaror saqlanib kelayotganini ham ijobiy baholadi. Uchrashuv ishtirokchilari bu holat mamlakatning xorijiy investorlar uchun jozibadorligini oshirishini ta’kidladi.

Kompaniya vakillari Soliq qo‘mitasining Soliq kodeksi normalari bo‘yicha tushuntirish materiallarini tayyorlash tashabbusini ham qo‘llab-quvvatladi. Bunday materiallar xorijiy kompaniyalarga soliq talablarini yaxshiroq tushunishda yordam berishi qayd etildi.

Uchrashuvda QQSning salbiy summalarini qaytarish mexanizmini takomillashtirish masalasi ham muhokama qilindi. ACWA vakillari bu jarayon import operatsiyalari ulushi yuqori bo‘lgan kompaniyalar va investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalar uchun muhimligini ta’kidladi.

Saudiya Arabistoni vakillari so‘nggi o‘n yillikda soliq ma’murchiligini isloh qilish bo‘yicha to‘plangan tajribalari bilan ham o‘rtoqlashdi. Ular qonunchilikni takomillashtirish va zamonaviy xalqaro yondashuvlarni joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida Muhammad Abuneyyan barqaror soliq siyosati, biznes bilan ochiq muloqot va xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar O‘zbekistonni Saudiya investitsiyalari uchun jozibador yo‘nalishlardan biriga aylantirayotganini aytdi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?